Ernazarov Muxammad Murodulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligida ichak mikrobiotsenozi, immun yallig‘lanish va jigardagi fibroz jarayonlarini baholash», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2PhD/Tib1887.
Ilmiy rahbar: Qurbonov Abdiqodir Kenjaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvosikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rozixodjaeva Gulnora Axmedovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda ichaklardagi mikrob majmuasi buzilishini immun yallig‘lanish tizimiga ta’sirini baholash, ularni yurak va jigar remodellanishi ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligini aniqlash xamda kasallikni davolashni muqobillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda ichak mikrobiotini buzilish darajasi bilan organizmdagi endotoksinemiya, yallig‘lanish oldi sitokinlari va fibroz markerlari miqdorini ortishi o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, ular o‘rtasidagi musbat korrelyasion aloqaning oshishi kasallikning funksional sinfi (FS) ortib borishiga hamohangligi asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligining turli gemodinamik fenotiplarida qon zardobidagi endotoksin, galektin-3, al`dosteron va yallig‘lanish oldi sitokinlari miqdorini oshishi bir biridan farqlanishi, ularni yurak remodellanishi xamda jigardagi fibroz jarayonlari faolligi bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligida jigardagi fibroz jarayonlarini erta tashxislashda qon zardobidagi galektin - 3 va al`dosteron miqdorini aniqlanishi xamda jigar elastografiyasini o‘tkazilishi muhimligi asoslangan;
ilk bora surunkali yurak etishmovchiligini davolashda standart davo negizida antifibroz va sinbiotiklarni qo‘llanilishi endotoksinemiya, yallig‘lanish oldi sitokinlari va kollagen almashinuvida ishtirok etuvchi biologik markerlar - galektin - 3 va al`dosteron miqdorini kamaytirib, yurak va jigardagi fibroz jarayonlari faolligini pasayishi, ichak mikrobiotini me’yorlashishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligi kechishida jigar fibrozi va immun – yallig‘lanish jarayonlari xamda ichak mikrobiotsenozi tutgan o‘rnini baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
surunkali yurak etishmovchiligida jigardagi fibroz jarayonlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Surunkali yurak etishmovchiligida jigardagi fibroz jarayonlarini erta aniqlash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 iyundagi 8n-r/473-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali yurak etishmovchiligining turli gemodinamik fenotiplarida nishon a’zolari, xususan jigarning markaziy gemodinamikasi va undagi fibroz jarayonlari bir biridan farqlanishi, ushbu o‘zgarishlarni erta tashxislash imkonini bergan;
surunkali yurak etishmovchiligining turli gemodinamik fenotiplarida ichak mikrobioti, immun yallig‘lanish va jigardagi fibroz jarayonlari kasallikning gemodinamik fenotiplari bilan mushtarakligi aniqlangan bo‘lib, davolashda standart davo negizida liverin va mikrobalans preparatini qo‘llanilishi olingan tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasini kardiologiya va kardioreabilitatsiya bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2 - markaziy klinik shifoxonasida amaliyotga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi 08-09/9997-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni surunkali yurak etishmovchiligining turli gemodinamik fenotiplarini muqobil davolash, kasallikni yuzaga kelishi va kechishida muhim hisoblangan fibroz jarayonlari faolligini pasaytirish, bemorlarning klinik holati hamda hayot sifatini yaxshilash imkonini yaratgan.