Ubaydullaeva Barno Nurullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalligi terminal bosqichidagi bemorlarda kamqonlikning klinik-laborator xususiyatlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3. PhD /Tib1411.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turgunpulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Babadjanova Shaira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malaksini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalliklarining terminal bosqichidagi gemodializda davolanayotgan bemorlarda kamqonlikni rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini o‘rganish, tashxislash va davolash yondoshuvlari hamda bemorni boshqarish algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba respublikada gemodializdagi surunkali buyrak kasalligi bemorlarda kamqonlikning an’anaviy davolashga nisbatan turli xil javobning uchrash darajasi, 72,5% bemorlarda kamqonlikning an’anaviy davolashga nisbatan etarlicha javob kuzatilmaganligi hamda 12,5% bemorlarda davoga nisbatan keskin gematologik javob kuzatilganligi asoslangan;
keskin gematologik javobning prediktorlari–belgilar to‘plami gemodializ davomiyligining 24 oygacha bo‘lishi, eritrotsitlarning o‘rtacha hajmi 86,6fl va undan yuqoriligi, etuk bo‘lmagan trombotsitlar ulushini 2,4% va undan ortiqligiga asoslangan;
gemodializdagi surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda kamqonlik shakllanishining yo‘ldosh mexanizmi sifatida temir etishmovchiligi prediktorlari, gemodializ davomiyligining 24 oydan ortiq bo‘lishi, gemoglobin konsentratsiyasining davolash boshlanish vaqtida 8,3 g/dl dan pastligi isbotlangan;
temir va eritoropoezni stimullovchi dori vositalari bilan standart davolash negizida gemodializdagi surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda kamqonlik shakllanishini patogenetik variantlarining turli xil belgilari asoslangan;
dasturlashtirilgan gemodializ negizidagi surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda anemiyani aniqlash, uning patogenetik variantini belgilash, davolash usulini tanlash va samaradorligini nazorat qilish algoritmi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak kasalligining terminal bosqichidagi bemorlarda kamqonlikning klinik laborator xususiyatlarini baholashda olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali buyrak kasalliklarining terminal bosqichidagi bemorlarda kamqonlik kasalligini baholash natijalari asosida «Dasturlashtirilgan gemodializ olayotgan surunkali buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda kamqonlikga qarshi davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-d/276-son ma’lumotnomasi). Natijada kamqonlikning endogen eritropoetin etishmovchiligidan tashqari, yo‘ldosh patogenetik mexanizmlari belgilarini baholashga yo‘naltirilgan doimiy gematologik tekshiruvni o‘tkazish, standart davoni hamda kamqonlikning yondosh mexanizmlariga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni korreksiyalash imkonini bergan;
surunkali buyrak kasalligi bilan xastlangan bemorlarni gemodializli davolash natijalari asosida «Dasturlashtirilgan gemodializli davo olayotgan surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bemorlarda kamqonlikni qiyosiy tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n-d/276-son ma’lumotnomasi). Natijada har oydagi dinamik nazoratni olib borish va kamqonlikka qarshi davolash tartibini korreksiyalash imkonini bergan;
gemodializ olayotgan surunkali buyrak kasalligining terminal bosqichidagi bemorlarda renal kamqonlikni asoslash va uni korreksiyalash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent viloyatining ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Epidemiologiya, mikrobilogiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutining sun’iy transplantologiya bo‘limining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 07 maydagi 8n–z/96-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni klinik amaliyotga tadbiq etish gemodializdagi surunkali buyrak kasalligi negizidagi kamqonlik bo‘lgan bemorlarda davolash sifatini yaxshilash, bemorlarning shifoxonada bo‘lish davomiyligini kamaytirish, bemorlarning yashovchanlik imkoniyatlarini oshirish va o‘lim xavfini kamaytirish imkonini bergan.