Zakirova Gulnoza Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishida miya natriyuretik peptid geni polimorfizmining ahamiyati» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib873.
Ilmiy rahbar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidullaeva Gulnoz Abdusattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Abduqodir Kenjaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishini erta tashxislashda klinik-genetik prediktorlarni aniqlash hamda prognozlash uslublarini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda kasallik klinik kechishi va yurak remodellanish jarayonlarida miya natriyuretik peptidi ko‘rsatkichining prognostik ahamiyati ustunligi isbotlangan;
ilk marotaba o‘zbek millatiga mansub surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda kasallik rivojlanishida miya natriyuretik peptidi NPPB rs 198389 genining molekulyar-genetik determinantlari aniqlangan;
miya natriyuretik peptid NPPB rs 198389 geni polimorfizmining S alleli va S/S genotipi og‘ir surunkali yurak etishmovchiligi va chap qorincha sistolik disfunksiyasi rivojlanishining markerlari sifatida asoslangan;
miya natriyuretik peptidi ko‘rsatkichi va uning NPPB rs 198389 geni polimorfizmining noxush genetik markerlarini hisobga olgan holda surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishini erta aniqlash va prognozlashga yondashuv takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda kasallik rivojlanishini erta aniqlash va prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda kasallikni erta tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali yurak etishmovchiligini erta diagnostikasi usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 avgustdagi 8n-z/285-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda kasallik rivojlanishini erta aniqlash, kasallik kechishi va prognozni yaxshilash imkonini bergan;
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda kasallikni erta aniqlash, kasallik kechishini prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent viloyati somatik klinik shifoxonasi va Shayxantoxur tumani ko‘ptarmoqli markaziy poliklinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 08-09/11025-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi surunkali yurak etishmovchiligini erta tashxislash, klinik kechishini prognozlash imkonini bergan.