Sherniyozov Anvarjon Axmedjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Frenel linzasi asosidagi quyosh nurida ishlaydigan lazerlar», 01.04.11 –Lazer fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/FM552.
Ilmiy rahbar: Payziev Shermaxamat Dalievich fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSs.02/30.12.2019.FM.65.01.
Rasmiy opponentlar: Davletov Ikrom Yusubovich, fiz.-mat. fanlari doktori; Azamatov Zakir Taxirovich fiz.-mat. fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Frenel linzasi asosidagi konsentratorlardan foydalanib quyosh energiyasini lazer energiyasiga aylantirish samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillarni aniqlash va Frenel linzasiga asoslangan quyosh konsetratorlari bazasida yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan lazer qurilmalarini ishlab chiqish va yaratish bo‘yicha echimlar taklif qilish
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konsentrlangan quyosh nurlanishini samarali konvertatsiya qilish uchun diametri 1 m bo‘lgan Frenel linzasiga asoslangan lazerning optimal parametrlari aniqlandi;
Frenel linzasi yasashda ishlatilgan materialning dispersiyasi tufayli fokal soha kengayib, amaliy fokus masofasining siljishi aniqlandi;
optik damlash taqsimotining bir xilligini ta’minlash uchun shaffof parallelipeped shaklidagi eritib quyilgan oddiy gomogenizatordan foydalanish mumkinligi topildi;
Frenel linzalari asosidagi Nd:YAG quyosh lazerlarida ko‘p-o‘tishli ko‘ndalang optik damlash sxemasi ishlatilganda odatda ishlatiladigan bir-o‘tishli optik damlash sxemasiga nisbatan optik damlash samaradorligi ikki marta oshishi mumkinligi ko‘rsatildi;
Ce:Nd:YAG konsentrlangan quyosh nurlanishi bilan yoritilgan paytida 1064 nm atrofida neodimning lyuminessensiya intensivligi xuddi shu sharoitda Nd:YAG ning lyuminessensiya intensivligidan 1,5 baravar yuqori ekanligi eksperimental ravishda aniqlandi. Bu natija quyosh, LED yoki lampa bilan optik damlanganda Ce ionlari Nd:YAG uchun eng yaxshi sensibilizatorlardan biri ekanini tasdiqlaydi;
yuqori darajadagi issiqlik yuki mavjud bo‘lganda to‘rt sathli quyosh bilan optik damlangan lazerlarda sathining termal inverbandlikning lazer xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish uchun fazoga bog‘liq tezlik tenglamalarini qo‘llagan holda quyosh bilan ishlaydigan lazerlar uchun analitik model ishlab chiqildi;
Ce:Nd:YAG asosida ishlaydigan quyosh lazerining ishchi sathlaridagi termal inverbandlik uning chiqish quvatiga ta’siri etarlicha katta ekani aniqladi, hato bu chiqish quvatini to‘liq yo‘q qilishi ham mumkin ekani kuzatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyasi doirasida bajarilgan ilmiy ishlar asosida ishlab chiqilgan lazer tizimi ichida sodir bo‘ladigan fizik jarayonlarni modellashtrishda olingan natijalar:
O‘zR FA Konstruktorlik byuro va Tajriba ishlab chikish Ilmiy texnik markazida texnika fanlar doktori Sh. I. Klichev rahbarligida 2017-2020 yillarda olib borilgan OT-F3-14 “Yalpoqli quyosh kollektorlar va quyosh kollektor-bak akkumulyator tizimlarning kanallaridagi konvektiv jarayonlarini o‘rganish” nomli fundamental loyiha ilmiy-texnikaviy vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 27 iyul № 2/1255-2109-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish birinchi marta quyosh kollektorlarining yarim shaffof issiqlik tashuvchilarida hajmiy yutilishi jarayonida issiqlikka aylantrish samaradorligini baholash imkonini berdi;
O‘zR FA “Fizika-Quyosh” IIChB Materialshunoslik institutida t.f.d. M. S. Payzullaxanov rahbarligida 2017-2020 yillarda olib borilgan № PFI FI FA-F-3-02 “Mujassamlashgan quyosh nurlari va magnit induksiyasi oqimida sintez qilingan bariy, stronsiy va vismut ferritlari assosida magnit materiallarning tuzilishi va xususiyatlarini o‘rganish” nomli fundamental loyiha ilmiy-texnikaviy vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 25 yanvardagi № 2/1255-215-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish sintez qilingan materialning dispersiyasiga kuchli ta’sir etuvchi eritmaning sovish tezligi uni amalga oshirish usuliga bog‘liq bo‘lishini aniqlash imkonini berdi.