Shukurova Sabohat Muratdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Havodagi harakatni tashkil etish va xizmat ko‘rsatish tizimiga kadrlar tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.08.04- “Navigatsiya va havodagi yo‘l harakatini boshqarish”; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1214
Ilmiy rahbar: Shamsiev Zair Ziyaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi bir martali PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor; Sagdiev Tulkin Axmatdjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi aviadispetcherlarni tayyorlashda fuqarolik aviatsiyasiga tegishli qonunchilik va me’yoriy-xuquqiy hujjatlarni o‘rganish jarayonini raqamlashtirish asosida elektron o‘quv-metodik vositalar resursini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqaro aviatsiyasi qonunchilik va me’yoriy-xuquqiy hujjatlari tahlili natijasida tuzilgan klassifikatsiya zaminida elektron ta’lim kompleksining konsepsiyasini tuzish yondoshuvi va qoidalari asoslandi;
elektron ta’lim kompleksining tuzilmasini IDEF0 metodologiya asosida formalizatsiya qilish yondoshuvi tahlil qilindi va ushbu metodolgiyani ishlatish mumkinligi ko‘rsatildi;
elektron ta’lim kompleksiga tegishli ma’lumotlar resursida dialog rejimida qidiruv va mantiqiy amallarni bajarish maqsadida komponentlar orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari funksional aloqalar tuzilmasi aniqlandi va asoslandi;
interaktiv rejimda ishlashga imkon beradigan dasturiy vositalarning algoritmlari tuzildi, shu jumladan ularning tarkibida o‘quv vazifalarini va variantlarini sintez qilish, bajarilgan vazifalarni tekshirish va baholash algorimlari tuzildi;
elektron ta’lim kompleksini ishlash jarayonini takomillashtirish masalalari o‘rganildi, modellashtirish, algoritmlash va dastrlash jarayonini soddalashtirish va tezkorlikni oshirish maqsadida vazifalar turlariga ko‘ra tizim alohida funksional va axborot mustaqillikka ega bo‘lgan bloklar majmuasiga keltirildi va bunday yondoshuvning samraliligi dasturlar vositasi ishlash vaqtida aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aviatsiya dispetcherlarini tayyorlashda fuqarolik aviatsiyasiga tegishli qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish ta’lim jarayonida o‘quv-metodik vositalar resursini raqamlashtirish yo‘li bilan rivojlantirish va takomillashtirish borasida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida Toshkent davlat transport universitetining o‘quv tizimiga quyidagilar joriy qilindi:
qonunchilik va me’yoriy-xuquqiy xujjatlarning (QMXH) tizimi yaratildi va uning zaminida “Havodagi harakatni boshqarish” ta’lim yo‘nalishi va magistraturaning “Havodagi harakatni boshqarish va aeronavigatsiya” mutaxassisligi o‘quv jarayonlariga talabalarga aviatsiya hujjatlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berish konsepsiyasi tuzildi va o‘quv materiallariga kiritildi;
mazkur konsepsiya kesimida QMXH bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratildi va undan metodik nuqtai nazardan o‘qituvchi hamda talabalar foydanishi ijobiy deb topildi va raqamlashtirish asosida metodik resurslarni takomillashtirish ammallari bajarilib “Havodagi harakatni boshqarish” ta’lim yo‘nalishi va magistraturaning “Havodagi harakatni boshqarish va aeronavigatsiya” mutaxassisligi o‘quv jarayonlariga “QMXH” elektron-ta’lim kompleksi bilan ta’minlangan “Uchuvchi-Dispetcher” kompyuter trenajer tizimi joriy qilindi.
“QMXH” elektron-ta’lim kompleksi uchun tegishli algoritmlar va dasturiy vositalar ishlab chiqildi va ularni o‘quv metodikasiga mos ekanligi aniqlandi va foydalanishga qabul qilindi;
“Uchuvchi-Dispetcher” kompyuter trenajyor tizimi talabalarga keng diapazonda dispetcherlar funksiyasini o‘rgatishga imkon berdi. Trenajer talabalarning kasb fanlar bo‘yicha amaliy bilimlar va ko‘nikmalar darajasini 25-30% oshirishga imkon berdi.
Dissertatsiya natijalari joriy qilinganligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 y. 1 iyuldagi 89-03-2370-sonli ma’lumotnomasida qayd etilgan.