Narzullaeva Dildora Uktamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Afakiya va artifakiyali bolalarda ametropiyalarni korreksiyalashning klinik-funksional xususiyatlari», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib89.
Ilmiy rahbar: Xamraeva Lola Salimovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Arestova Nataliya Nikolaevna, tibbiyot fanlari nomzodi; (Rossiya); Kasimova Muniraxon Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti» (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: optik korreksiya tanloviga qiyosiy yondoshish yo‘li bilan afakiya va artifakiyali bolalarda ko‘rish faoliyatini yaxshilashga qaratilgan davolash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma kataraktali bolalarda psevdofakik miopiya va yoshiga mos bo‘lmagan emetropiyani rivojlanishini regression logistik model asosida muhim xavf omillari aniqlangan;
ilk bor psevdofakik miopiya va yoshiga mos bo‘lmagan emetropiyani rivojlanish xavfi bo‘lgan tug‘ma kataraktali bolalarda SRK II formulasi uchun moslashtiruvchi Rm koeffisienti ishlab chiqilgan va klinik samaradorligi isbotlangan;
ilk bor artifakiyali bolalar va ularning onalarida ko‘z optik exobiometrik parametrlari o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik va onalar gavxari optik ko‘rsatkichini "mo‘jal" sifatida maqsadli refraksiyaga erishishda foydalanish mumkinligi aniqlangan.
SRKII formulasi va yoshga bog‘lik gipokorreksiyasi psevdofakik miopiya, yoshiga mos bo‘lmagan emetropiyani rivojlanish havfida bo‘lgan bolalarda noadaptivligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Afakiya va artifakiyali bolalarda ametropiyalarni korreksiyalashning klinik-funksional xususiyatlari baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida:
miopiya rivojlanish xavfida artifakiyali bolalarni yuritish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Miopiya rivojlanish xavfida artifakiyali bolalarni yuritishga qiyosiy yondoshuv» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 iyuldagi 8n-r/263-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma afakiya va artifakiyali bolalarda ametropiyalarni korreksiyalashning klinik-funksional xususiyatlari baholash natijasida kasallikni erta tashxislash, samarali davolash va oldini olish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat kilgan;
tug‘ma kataraktali bolalarda sun’niy gavxar kuchini xisoblash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tug‘ma kataraktali bolalarda sun’niy gavxar kuchini xisoblashga qiyosiy yondoshuv» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 iyuldagi 8n-r/262 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bollalarda miopiya darajasini kamaytirishda va 83,3% maksadli refraksiyaga etishga xizmat kilgan;
afakiya va artifakiyali bolalarda ametropiyalarni korreksiyalashning klinik-funksional xususiyatlari baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan bolalar birinchi shaxar klinik shifoxonasi va Samarqand davlat tibbiyot institutining birinchi shifoxonasi amaliyotlariga joriy kiligan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 8n-d/108 son ma’lumotnamasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi afakiya va artifakiyali bolalarda ametropiyalarni korreksiyalashning klinik-funksional xususiyatlari takomillashtirish orqali bemorlarda korreksiyalanmadigan ambliopiya, yukori darajali anizometropiya, sun’iy gavxar implantatsiyasidan sung miopiya sonini kamaytirishga imkon bergan.