Allaberganov Dilshod Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neonatal sepsisda limfa tugunlarning morfologik va morfometrik o‘zgarishi», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib665.
Ilmiy rahbar: Isroilov Rajabboy Isroilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Nishonov Doniyor Anarboevich, tibbiyot fanlari doktori, Jo‘raeva Gulbaxor Baxshullaevna, tibbiyot fanlari nozodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk xalqaro universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neonatal sepsis davrlari bo‘yicha limfa tugunlarning asosiy morfofunksional maydonlarida rivojlanadigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni baholash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi tug‘ulgan chaqaloqlar limfa tugunlarining to‘liq takomil topmaganligi, asosiy morfofunksional maydonlarining shakllanmaganligi bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan;
erta neonatal sepsis ta’sirida limfa tugunlarning parakortikal va ekstrafollikulyar sohalarida V-limfotsitlarning proliferatsiyasi, boshqa sohalarida parenximasining atrofiyasi aniqlangan;
kechgi neonatal sepsisda limfa tugunlarda birlamchi va ikkilamchi immun javobga xos morfologik o‘zgarishlar rivojlanganligi, follikulyar, parakortikal giperplaziya, sinuslar gistiotsitozi va stroma hujayralarining proliferatsiyalanishi bilan yuzaga chiqganligi bilan isbotlangan;
neonatal sepsisda limfa tugunlar morfofunksional maydonalardan po‘stloq qavat, subkapsulyar va mag‘iz qavat sinuslari maydoni kengayganligi, parakortikal soha qisqarganligi isbotlangan.
limfa tugunlar morfofunksional sohalar faolligini ko‘rsatuvchi koeffisientlardan sezilarli o‘zgarish, ya’ni parakortikal soha faollik koeffisienti ham bronxopulmonal, ham ichak tutqichi limfa tugunlarida kamayganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neonatal sepsisda limfa tugunlarning morfologik va morfometrik o‘zgarishini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqarilgan:
neonatal sepsisda limfa tugunlarining morfologik va morfometrik o‘zgarishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Neonatal sepsisda limfa tugunlarining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrda 8n-r/357-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma neonatal sepsisda limfa tugunlarining morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini asosida klinik morfologik tashxislash imkonini beradi;
neoanatal sepsisda limfa tugunlarining morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika patologik anatomiya markazi va Xorazm viloyati patologoanatomik ekspertiza byurosi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 fevraldagi 8n-z/118-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi neonatal sepsisda limfa tugunlarining morfologik va morfometrik o‘zgarishlari kasallikni klinik morfologik tashxislash va kasallikda o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirishda katta amaliy imkon bergan.