Raximov Akmal Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ipakning tolali chiqindilarini dastlabki ishlashning takomillashgan texnologiyasini yaratish», 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.2.PhD/T1655.
Ilmiy rahbar: Axmedov Jahongir Adxamovich texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD. 03/30.12.2019.01.
Rasmiy opponentlar: Oxunbabaev Oxunjon Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Parpiev Xabibullo, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tabiiy ipakning tolali chiqindilarini sinflashtirish asosida sirt faol moddalar va elektr faol suv hamda uni amalga oshiruvchi uskunalar yordamida dastlabki ishlov berish orqali sifatli yigirilgan ipak kalava ipini ishlab chiqarish uchun xomashyoni tayyorlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy ipakning tolali chiqindilarini ilmiy asoslagan holda yangi usuldagi sinflanish guruhlariga va turlarga ajratilgan sxemasi ishlab chiqildi; 
ipakning tolali chiqindilarini pillakashlik korxonasida 40 daqiqa, yigiruv korxonasining qaynatish sexida 120 daqiqadan iborat bo‘lgan 2 marotabali elimsizlantirish va yog‘sizlantirish texnologik jarayonlari, yangi sintez qilingan preparatning suvli eritmasidan foydalanish hisobiga 20-25 daqiqa yuviladigan, 1 marotabali tizim yaratilgan; 
ipak chiqindilariga dastlabki ishlov berish texnologik jarayonida tolalarning tarkibida 2,5 % serisin, 0,65 % yog‘ va 2,0 % sovun qoldig‘i bo‘lishligi ilmiy asoslangan; 
ipak chiqindilariga dastlabki ishlov berishning yangi texnologiyasini tolaning yigiruvchanlik xususiyatiga va fizik-mexanik xossalariga ta’siri tadqiq etilib, nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida ipakning tolali chiqindilari tarkibidagi serisinni eruvchanligi dastlabki ishlov berish vaqtiga bog‘liqligi aniqlangan, an’anaviy texnologiyadagi 160 daqiqa o‘rniga 20-25 daqiqali muqobil ko‘rsatkichlari ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Suvda eruvchi polimer va elektr faol suv bilan ipakning tolali chiqindilariga dastlabki ishlov berish texnologik jarayonlarini, sirt faol modda bilan pillani saqlash va chuvish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar asosida:
sintez qilingan suvda eruvchi polimer va elektr faol suv bilan ipakning tolali chiqindilariga dastlabki ishlov berish texnologiyasi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi «Harir tola» MChJ da joriy qilingan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2021 yil 27 iyuldagi № 4 2/1140-sonli ma’lumotnomasi);
suvda eruvchi polimer bilan ipakning tolali chiqindilarini elimsizlantirish va yog‘sizlantirish texnologik jarayoni Andijon shahridagi «Muborak» kiyimlarni kimyoviy tozalash korxonasida ham o‘tkazilgan, natijada an’anaviy usulga nisbatan takomillashgan texnologiyada xomashyoning 1 kg dan 125-130 gr tolani tejash imkoni yaratilgan;
suvda eruvchi polimer, elektr faol suv va uskunalar yordamida ipakni tolali chiqindilarini elimsizlantirish va yog‘sizlantirish texnologiyasi joriy etilishi natijada elimsizlantirish va yog‘sizlantirish uchun sarflanadigan 160 daqiqali vaqt sarfi 20-25 daqiqaga keltirilgan, ipak tolaning xossalari 10-12 % ortgan;
elimsizlantirish va yog‘sizlantirish jarayonini qisqarishi munosabati bilan ipak tolalarini qayta ishlashda uzilishlar soni kamaygan, ish unumdorligi 9,4 % ko‘paygan;
sintez qilingan sirt faol modda bilan ho‘l pillaga dastlabki ishlov berishdan oldin modifikatsiya qilish uslubi Jalaquduq tumani bosh pillaxonasida joriy etilgan. Natijada ishlab chiqariladigan 1 kg ipakka qo‘shimcha 1,7-1,8 % ko‘p xom ipak chuvib olishga erishilgan;
«Harir tola» MChJ da sintez qilingan sirt faol modda bilan pillani chuvishdan oldin modifikatsiya qilinganda ipak ishlab chiqarish miqdori  150 gr ga ortishi hisobiga chiqindilarini hosil bo‘lishi 1,5-1,6 % kamaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish