Eshimbetov Uktamjon Xudaybergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mineral xomashyo resurslardan samarali foydalanish asosida mintaqada sanoat tarkibini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot va 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt444.
Ilmiy rahbarlar: Aimbetov Nagmet Kallievich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Zokirov Sayidfozil Sayidakbarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti huzuridagi PhD.03/28.08.2020.I.55.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mineral xomashyo resurslaridan samarali foydalanish asosida Qoraqalpog‘iston sanoat tarkibini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy mineral xomashyo resurslarini o‘zlashtirish yo‘li bilan Qorao‘zak tumanida qora metallurgiya va qurilish materiallari sanoati, Chimboy tumanida kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat klasterlarini shakllantirish zarurati asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy (Chimboy, Taxtako‘pir va Mo‘ynoq) tumanlaridagi boy zaxiralarga ega mineral-xomashyo resurslarini o‘zlashtirish maqsadida temir yo‘l qatnovini joriy etish zarurati asoslangan, xususan, quriladigan temir yo‘l masofasi, yo‘nalishi, qurilish xarajatlarining qiymati, ularni qoplash manbalari va muddati bo‘yicha hisob-kitoblar bajarilgan;
mineral resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish zarurati asoslangan;
2030 yilgacha bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy mineral xomashyo resurslarining jadal o‘zlashtirilishi, yangi sanoat klasterlarining barpo etilishini hisobga olgan holda, sanoat ishlab chiqarishning tarmoq-hudud tarkibi bo‘yicha prognoz hisob-kitoblari bajarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mineral xomashyo resurslardan samarali foydalanish asosida mintaqada sanoat tarkibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy mineral xomashyo resurslarini o‘zlashtirish yo‘li bilan Qorao‘zak tumanida qora metallurgiya va qurilish materiallari sanoati, Chimboy tumanida kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat klasterlarini shakllantirishga oid takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan 2020 yil 21 fevralda qabul qilingan «Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2020-2022 yillarda hududiy investision dasturlarni amaliyotga tadbiq qilish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi 45-son qarorni ishlab chiqishda qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 01/1303-son ma’lumotnomasi). Buning asosida tog‘-kon, kimyo, metallurgiya va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalar ishlab chiqildi. Bu loyihalarni amalga oshirish mintaqa sanoatini rivojlanishiga va uning tarmoq va hudud tarkibini takomillashtirishga xizmat qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy (Chimboy, Taxtako‘pir va Mo‘ynoq) tumanlaridagi boy zaxiralarga ega mineral-xomashyo resurslarini o‘zlashtirish maqsadida temir yo‘l qatnovini joriy etish zarurati asoslangan, xususan, quriladigan temir yo‘l masofasi, yo‘nalishi, qurilish xarajatlarining qiymati, ularni qoplash manbalari va muddati bo‘yicha hisob-kitob natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan 2017 yil 3 martda qabul qilingan «2017-2018 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va servis loyihalari ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 122-sonli qarorni ishlab chiqishda qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 01/1303-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mintaqaning shimoliy tumanlarida sanoat salohiyatini oshirish va hudud sanoati rivojlanishidagi tafovutlarni qisqartirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qo‘llanildi;
mineral resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan 2020 yil 21 fevralda qabul qilingan «Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2020-2022 yillarda hududiy investision dasturlarni amaliyotga tadbiq qilish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi 45-son qarorni ishlab chiqishda qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 01/1303-son ma’lumotnomasi). Natijada 2018 yilda yalpi hududiy mahsulot tarkibida sanoat ulushi 4,6% ga o‘sdi;
2030 yilgacha bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy mineral xomashyo resurslarining jadal o‘zlashtirilishi, yangi sanoat klasterlarining barpo etilishini hisobga olgan holda, sanoat ishlab chiqarishning tarmoq-hudud tarkibi bo‘yicha prognoz hisob-kitob natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan 2017 yil 3 martda qabul qilingan «2017-2018 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va servis loyihalari ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 122-sonli qarorning 3-qismini ishlab chiqishda qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 01/1303-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mintaqa rivojlanishida sanoat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari shakllantirildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish