Shodiev Bekzod To‘lqinovichning
falsafa doktori (PhD) disssertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash sharoitida qorako‘lchilik tarmog‘ining samaradorligini oshirish». 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt97.
Ilmiy rahbar: Farmanov To‘lqin Xayitmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqam Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Musagaliev Ajiniyaz Jumagulovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Nurillaev Jamol Yarashevich, iqticodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qorako‘lchilik tarmog‘ining samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qorako‘lchilik xo‘jaliklari, mahalliy chorvachilik fermer va dehqon xo‘jaliklarini yaylovlardan shartnoma asosida rejali, maqsadli, tizimli va hamkorlikda foydalanish asosida birlashtirib, qorako‘lchilik tarmog‘ining samaradorligini oshirish maqsadida “Yaylovlardan foydalanuvchilar uyushmalari”ni tashkil qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
ixtisoslashgan qorako‘lchilik klasterlari, qorako‘lchilik naslchilik mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va fermer xo‘jaliklari tasarrufida bo‘lgan yaylov erlaridan uyg‘unlashgan holda barqaror samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida respublikada “Yaylov ekotizimini tiklash va rivojlantirish jamg‘armasi”ni tashkil qilishning ob’ektiv zaruriyati, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik ahamiyati ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan;
qorako‘lchilik xom ashyo mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish tizimidagi xo‘jalik sub’ektlarini birlashtirib, kooperatsiya asosida faoliyat ko‘rsatishga ixtisoslashgan qorako‘lchilik klasterlarini tashkil qilish  va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyatining qorako‘lchilik xo‘jaliklari faoliyatini modernizatsiyalash va qorako‘lchilik sohasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2021-2030 yillarga mo‘ljallangan istiqbolli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan va ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalapining joriy qilinishi. 
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash sharoitida qorako‘lchilik tarmog‘ining samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
naslchilik qorako‘lchilik xo‘jaliklarida yaylovlarning tabiiy hosildorligini oshirish, mahalliy hamjamiyat va boshqa xo‘jalik sub’ektlarni yaylovlardan shartnoma  asosida rejali, maqsadli, tizimli va hamkorlikda foydalanish hamda qorako‘lchilik tarmog‘ining samaradorligini oshirish maqsadida “Yaylovlardan foydalanuvchilar uyushmalari”ni tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2011 yil 2 iyundagi 02/18-son hamda Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasining 2021 yil 21 iyundagi 41/01-483-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy qilinishi natijasida  yaylovlarning tabiiy hosildorligini oshirish yo‘llari aniqlandi va undan jamoa bo‘lib hamkorlikda foydalanishga, hamda qorako‘lchilik tarmog‘ida mollar mahsuldorligini 10-15 foizga ko‘paytirishga imkoniyat yaratgan;
naslchilik qorako‘lchilik xo‘jaliklari, fermerlar va zahirada bo‘lgan  yaylov erlaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha majmuaviy tadbirlar, jumladan  “Yaylov ekotizimini tiklash va rivojlantirish jamg‘armasi”ni tashkil qilish, naslchilik qorako‘lchilik xo‘jaliklari, fermerlar va zahirada bo‘lgan yaylovlardan foydalanishda uyg‘unlashgan rejalashtirishni boshqarish mexanizmini joriy qilish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati “Qorako‘l” uyushmasi va Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi tomonidan  amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2019 yil 14 oktyabrdagi 01/04-2855-son, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 14 oktyabrdagi 02/23-516-son, Qashqadaryo viloyati “Qorako‘l” uyushmasining 2019 yil 16 oktyabrdagi 01-10-123-son va Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasining 2019 yil 28 dekabrdagi 39/01-235-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif va tavsiyalardan respublikamizda yaylov chorvachiligini, shu jumladan qorako‘lchilik tarmog‘i samaradorligini 15-20 foizga oshirish bilan birgalikda, yaylovlarda o‘simliklar bioxilma-xillikni saqlash va rivojlantirish hamda ularni iqtisodiy jihatdan barqaror faoliyat ko‘rsatishi orqali mahsulot tannarxini 8-12 foizga pasaytirish imkonini bergan; 
qorako‘lchilik xom ashyo mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va sotish tizimidagi xo‘jalik sub’ektlarini ixtisoslashgan qorako‘lchilik klasterlariga kooperatsiya asosida birlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflari Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasining 2021 yil 21 iyundagi 41/01-483-son ma’lumotnoma). Ushbu takliflarni joriy qilinishi qorako‘lchilik xo‘jaliklarida ichki va tashqi bozor uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga erishiladi, qishloq hududlarida mehnatga qobiliyatli yoshlar doimiy ish bilan ta’minlanadi, eng asosiysi qorako‘lchilik xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorlik darajasini 8-12 foizga oshirishga shart-sharoitlar yaratib bergan;
Qashqadaryo viloyatining qorako‘lchilik xo‘jaliklari faoliyatini modernizatsiyalash va qorako‘lchilik xo‘jaliklarini ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishning 2021–2030 yillarga mo‘ljallangan istiqbolli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqilishi va ilmiy jihatdan asoslanishi natijasida - qorako‘lchilik xo‘jaliklari faoliyatini modernizatsiyalash va qishloq hududlarini ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishini prognoz qilish to‘g‘risidagi takliflar Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasining 2021 yil 21 iyundagi 41/01-483-son ma’lumotnoma). Ushbu taklif qorako‘lchilik xo‘jaliklarida va xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlarni rivojlantirish bilan bog‘liq tadbirlarni ishlab chiqishda mehnat sarfini kamaytirishga imkon yaratib, xizmatlar ko‘rsatish sub’ektlari faoliyati samaradorligini 20 foizgacha oshirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish