Xasanxonova Nodira Isametdinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda bilimlar iqtisodiyotining konseptual asoslarini rivojlantirish», 08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt130.
Ilmiy rahbar: Shadmanov Erkin Sherkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gaibnazarova Zumrad Talatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda bilimlar iqtisodiyotining konseptual asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«bilimlar iqtisodiyoti» kategoriyasiga ilm-fan va intellektual mehnatni kiritish asosida takomillashgan mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonning «Inson taraqqiyoti indeksi» bo‘yicha jahondagi  reytingini hisobga olib, sohada ikki bosqichli, yuqori darajada integratsiyalashgan tizimni joriy etish orqali fan, ta’lim va ishlab chiqarish uzviyligini ta’minlash asosida 2030 yilgacha oliy ta’lim sifatini oshirish asoslangan;
respublikada bilimlar iqtisodiyotini mamlakat ilmiy salohiyati va intellektual mehnat rag‘batlantirilishining hozirgi holatini hisobga olib, kraudsorsing hamda moliyaviy leveridj usullarini qo‘llash orqali rivojlantirish asoslangan;
ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktruktorlik ishlari (ITTKI) samaradorligini oshirishda davlat-xususiy sherikchilik munosabatlari tizimini joriy qilish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda bilimlar iqtisodiyotining konseptual asoslarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bilimlar iqtisodiyoti rivojlanishiga oid ilmiy-nazariy yondashuvlarni tanqidiy tahlil qilish asosida «bilimlar iqtisodiyoti» kategoriyasiga ilm-fan va intellektual mehnatni kiritish asosida ishlab chiqilgan mualliflik ta’rifi «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892/4-120 raqamli guvohnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi talabalarda «bilimlar iqtisodiyoti» kategoriyasi va uning mazmun-mohiyatini anglash, mazkur masala bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni kengaytirish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fan, ta’lim hamda  innovatsiyalarning o‘rni va rolini anglash borasida asos sifatda xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ikki bosqichli, yuqori darajada integratsiyalashgan tizimni joriy etish orqali fan, ta’lim va ishlab chiqarish uzviyligini ta’minlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi «Inson taraqqiyoti indeksi» bo‘yicha o‘rnini yaxshilash borasida 2030 yilga qadar mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 dekabr` 89-03-5345-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi «Inson taraqqiyoti indeksi» bo‘yicha o‘rnini yaxshilash yuzasidan 2030 yilga qadar oliy ta’limni sifat jihatidan ta’minlashga xizmat qiluvchi dastur yaratiladi va istiqbolda bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish imkonini bergan; 
respublikada bilimlar iqtisodiyotini mamlakat ilmiy salohiyati va intellektual mehnat rag‘batlantirilishining hozirgi holatini hisobga olib, kraudsorsing hamda moliyaviy leveridj usullarini qo‘llash orqali rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi «Ta’lim» bo‘limi tomonidan mamlakatda oliy ta’lim muassasalari samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 2 sentyabrdagi 06/12-01-20/27-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mehnat va aholi bandligi, ta’lim, ilm-fan, innovatsiya sohalarida kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar takomillashtirilgan;
ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktruktorlik ishlari (ITTKI) samaradorligini oshirishda davlat-xususiy sherikchilik munosabatlari tizimini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son «2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 2 sentyabrdagi 06/12-01-20/27-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ilm-fan va texnika yutuqlarini iqtisodiyot sohalarida innovatsion texnologiyalar asosida joriy etish ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish