Toxirov E’zozbek Tursunalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Temir yo‘l kesishma signalizatsiyasining nazorat qilish datchiklarini takomillashtirish modellari, algoritmlari va dasturiy vositalari», 05.01.06 – «Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.Ph.D/T2001
Ilmiy rahbar: Aliev Ravshan Maratovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Mamadjanov Alisher Mamadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Matyoqubov Nurbek Rustamovich,texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l kesishmalarida transport vositalarining kutish vaqtini kamaytirish va poezdlar harakati xavfsizligini oshirish uchun poezdlarning temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashishida nazorat datchiklarini yaratish tamoyillarini va modellarini tadqiq qilish va ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asosiy ish rejimlaridagi optimal parametrlarni aniqlash uchun tokli yo‘l qabul qilgichli kesishmaga yaqinlashish uchastkalari holatini nazorat qiluvchi datchikning analitik ifodalari aniqlangan va matematik modellari ishlab chiqilgan;
poezdlar harakati xavfsizligini oshiruvchi yangi datchiklarni yaratishga imkon beradigan, kesishmaga yaqinlashish uchastkasini nazorat qilish uchun datchiklarni ish rejimlarining mezonlari ishlab chiqilgan; 
real ish sharoitlariga maksimal yaqin bo‘lgan imitatsiya modeli bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishga imkon beruvchi, yaqinlashish uchastkalarining tok qabul qilgichli nazorat qilish datchiklarining modellari va algoritmlari ishlab chiqilgan;
avtotransportlarning kutish vaqtini kamaytirish va poezdlarni kesishmadan o‘tish tezligini aniqlash imkonini beruvchi, ma’lum tizimlardan farq qilgan holda, avtoshlagbaum va kesishma signalizatsiya boshqaruv qurilmasi va mikroprotsessorli nazorat tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashish uchastkasining nazorat qilish datchiklarini takomillashtirish modellari, algoritmlari va dasturiy vositalari bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
xarakatlanuvchi tarkibning avtomobil` va temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashishida tormoz yo‘lini hisoblash uchun dasturiy majmua UTY AJ “Toshkent temir yo‘l masofasi” korxonasida joriy etilgan (2020 yil 06 iyuldagi 01/2403-20-son ma’lumotnoma). Natijada, poezdni kesishmaga yaqinlashishida tormoz yo‘li uzunligini o‘lchash aniqligi 45% ga oshirish imkoni yaratilgan; 
poezdlarning tezligiga qarab, avtomobil` va temir yo‘l kesishmasi yaqinlashish uchastkasining uzunligini hisoblash uchun dasturiy majmua O‘TY AJ “Toshkent temir yo‘l masofasi” korxonasida joriy etilgan (2020 yil 06 iyuldagi 01/2403-20-son ma’lumotnoma). Natijada, kesishma yaqinlashish uchastkasining uzunligini hisoblashda ma’lumotlarni o‘lchash aniqligi 45% ga oshirish imkonini bergan;
temir yo‘l kesishmalarida “Bollard” to‘siqni ushlabturishxarajatlarinihisoblash uchun dasturiy majmua O‘TY AJ “Toshkent temir yo‘l masofasi” korxonasida joriy etilgan (2020 yil 06 iyuldagi 01/2403-20-son ma’lumotnoma). Natijada, to‘siqni ushlab turish xarajatlarini hisoblash ma’lumotlarining aniqligini 10% ga oshirish imkoni joriy etilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish