Yuldashev Shuxrat Muratovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Stansiyalarda poezdlar harakatini boshqarish qurilmalarining holatini avtomatik nazorat qiluvchi mikroprotsessorli texnik vositalar”, 05.08.03– Temir yo‘l transportini ishlatish; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.1.PhD/T2137
Ilmiyrahbar: Azizov Asadulla Raximovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilganmuassasalarnomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiyopponentlar: Baratov Dilshod Xamidullaevich, texnika fanlaridoktori, dotsent; Xodjimuxamedova Matlyuba Adilovna, texnika fanlarinomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi stansiyalarda poezdlar harakatini boshqarish qurilmalarining holatini avtomatik nazorat qiluvchi mikroprotsessorli texnik vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l avtomatika va telemexanikasi maxsus o‘lchov asboblariga qo‘yiladigan texnik talablar asosida analogli signalning shakli va effektiv qiymatini aniqlash uchun mikroprotsessorli vositalardagi  so‘rovlar vaqtini optimal tanlashni amalga oshirish usullari asoslangan; 
stansiyadagi poezdlar harakatini boshqarish qurilmalari holatini tezkor nazorat qilish asosida talab etilgan aniqlilikga erishish uchun analogli signallarning so‘rovlar vaqtini nazariy baholash va tahlil qilishning matematik modellari ishlab chiqilgan;
Petri tarmog‘i mul`tigrafi asosida boshqarish tizimining avtomatlashtirilgan ish joylarida strelkali o‘tkazgichlarning holatini vizual tasvirga chiqarish uchun dasturiy ta’minot ishini tahlil qilishning matematik ifodasi ishlab chiqilgan; 
aniqlangan texnikaviy talablar va tavsiflar asosida boshqarish qurilmalari holatini nazorat qilish uchun mikroprotsessorli texnik vositalarini yaratish tamoyillari, ularni ishga yaroqliligining tahlili va amalda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
stansiya navbatchisi va elektr mexanikning avtomatlashtirilgan ish joylarini joriy etish orqali stansiyalardagi poezdlar harakatini boshqarish qurilmalarining holatini uzluksiz nazorat qilishning samarador mikroprotsessorli texnik vositalari dasturlanuvchi sanoat kontrolleri DVP Delta asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Stansiyalarda poezdlar harakatini boshqarish qurilmalarining holatini avtomatik nazorat qiluvchi mikroprotsessorli texnik vositalarini amalda qo‘llashga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
temir yo‘l avtomatika va telemexanikasi sharoitlarida analogli signalni shakli va effektiv qiymatini tezkor nazorat qilish, mikroprotsessorli qurilmalardagi so‘rovlar vaqtini optimal tanlashni amalga oshirish uchun o‘lchov usullari ishlab chiqilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning 2021 yil 15 yanvaridagi №02/183-21 ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida, o‘lchov qurilmalariga qo‘yilgan texnik talablar asosida analog signallarni qayta ishlashda mikroprotsessor qurilmalari hisoblash operatsiyalarni bajarish sikllari va tezkor xotiraning yuklanishi kamayishi aniqlangan, nisbatan arzon raqobatbardosh ustunlikka ega protsessorlardan foydalanish imkoniyatlari paydo bo‘lgan; 
real vaqt jarayonida nazorat ob’ektlari holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, saqlash va monitorlarda aks ettirish uchun hisoblash texnik vositalari asosida bajarilgan progressiv tizim «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tassarufidagi «O‘rtaovul», «Jizzax-1» va «Yangi Yangier» stansiyalarida joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning 2021 yil 15 yanvaridagi №02/183-21 ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida real vaqt jarayonida nazorat ob’ektlarining holatlarini avtomatlashtirilgan ish joylarida ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘lgan, ko‘p sonli tugmachalar va kalitlardan voz kechilgan, tezkor nazorat qilish, hodimlarning harakatlarini ma’lumotlar bazasida arxivlashtirish va ro‘yhatdan o‘tkazish uchun sharoitlar yaratilgan;
temir yo‘l avtomatika va telemexanikasi vositalarining global rivojlanish moyilligini hisobga olgan holda «Toshkent metropoliteni» UK tassarufidagi «Qo‘yliq», «Do‘stlik-2» va «Yangiobod» er usti metro stansiyalarida elektr markazlashtirish ob’ektlarini ishonchli boshqarish va nazorat qilish uchun dasturlanadigan sanoat kontrollerlari asosida bajarilgan tizim joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning 2021 yil 15 yanvaridagi №02/183-21 ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot o‘tkazilishi natijasida elektr markazlashtirish uskunalari gabariti, qurilish-montaj ishlari hajmi, ekspluatatsiya xarajatlari, shuningdek, elektr magnit relelar soni va postdagi kabellar uzunligini keskin kamaytirish, eskirgan boshqarish pul`tlari va manipulyatorlarni foydalanishdan chiqarish, kamyob materiallarni tejash xamda xizmat ko‘rsatilmaydigan zamonaviy ta’minot manbalarini qo‘llash imkoniyatlari yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish