Kadirov Sanjar Sardorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Son suyagi boshchasi o‘smirlar epifizeolizini diagnostikasi va xirurgik davolashni takomillashtirish», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1262.
Ilmiy rahbar: Saliev Muratjan Muxammadovich, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Dursunov Axmat Malikshaevich, tibbiyot fanlari doktori; Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda son suyagi boshchasi o‘smirlar epifizeolizini erta tashxis qo‘yish va jarrohlik davolash usullarini takomillashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlar epifizeolizini xirurgik davolashning takomillashtirilgan kaminvaziv usuli orqali tizza bo‘g‘imini 90° bukilgan xolatda repozisiya qilish va kanyulalangan vint bilan perkutan osteosintez o‘tkazish mobaynida epifizni stabil fiksatsiya qilish imkoniyati isbotlangan;
o‘smirlarda metabolik markerlar va o‘sish gormonlarining laborator o‘zgarishlari kasallikning patognomonik alomati ekanligi va rentgen tekshiruvi natijalari bilan birgalikda son suyagi boshchasi o‘smirlar epifizeolizini erta bosqichda aniqlanishi isbotlangan;
chanoq-son bo‘g‘imini aksial rentgenologik tekshiruv asosida son suyagi bo‘yinchasining pastki qirg‘og‘i bo‘ylab o‘tkazilgan chizig‘i epifizni kesib o‘tgan xolatida kasallikning dastlabki alomati ekanligi isbotlangan;
taklif etilgan klinik va rentgenologik diagnostik belgilar kompleksi orqali kasallikning dastlabki bosqichlarida xavf guruxini qayd etish va patologiyani o‘z vaqtida aniqlash mumkinligi asosida son suyagi boshchasi o‘smirlar epifizeolizini jarrohlik yo‘li bilan davolash samarasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘smirlarda son suyagi boshchasi epifizeolizi diagnostikasi va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘smirlarda son suyagi boshchasi epfizeolizini tashxislash va davolash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilgan «Son suyagini boshchasini o‘smirlar epifiziolizini jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli» uslubiy tavsiyanomalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 yanvaridagi 8n-r/20-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar o‘smirlar son suyagi boshchasi epifizeolizini davolash natijalarini yaxshilashga olib kelgan;
o‘smirlarda son suyagi boshchasi epifizeolizini tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari sog‘likni saqlash tizimiga, jumladan, Xorazm va Namangan viloyatlarining ko‘p tarmoqli klinikalari amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 yanvaridagi 8n-r/20-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar son suyagi boshchasi o‘smirlar epifizeolizini tashxislash va davolashning takomillashtirilgan minimal invaziv usulining tavsiya etilishi son suyagi boshchasining aseptik nekrozi xavfini 3% dan 0% gacha, son suyagi boshchasini xondrolizi 15,8% dan 4% gacha, koksartroz va kontrakturalarni 16,2% dan 3 gacha kamaytirishiga erishilgan.