Baboev Abduvaxob Saxibnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sil spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda suyak almashinuvining buzilishi va ularni korreksiya kilish yo‘llari», 14.00.26 - Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1573.
Ilmiy rahbar: Nazirov Primkul Xujamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Muxtarov Davronbek Zuxurovich, tibbiyot fanlari doktori; Rustamova Umida Muxtarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sil spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda suyak almashinuvining buzilishi va ularni korreksiya qilish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asoratlangan sil spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda osteoporotik jarayonlar rivojlanishining mexanizmlari isbotlangan;
sil spondilitida suyak metabolizimini buzilishlari laboratoriya va instrumental usullar bilan kompleks baholash asosida sil spondilitini differensial tashxislash usullari asoslangan;
umurtqa sil kasalligida yuz beradigan osteoporozning oldini olish choralari va differensial terapiyasi asoslangan;
asoratlangan suyak silida osteotrop davolash natijalarini tahlil qilish asosida suyak to‘qimasining osteoporotik jarayonlarini kompleks patogenetik terapiyasi va sil spondilitida jarrohlik yo‘li bilan davolashning klinik kechishini va samaradorligini bashorat qilish tizimi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sil spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda suyak tuqimalari tiklanish jarayonlarining buzilishi va ularni korreksiya qilish yo‘llarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umurtqa patologiyasi genezining tashxisida suyak to‘qimani remodellashda markerlarining ahamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Umurtqa patologiyasi genezining tashxisida suyak to‘qimani remodellashda markerlarining ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 25 yanvardagi 8n-d/38-son ma’lumotnomasi). Natijada umurtqa patologiyasi genezining tashxislashda suyak to‘qimani qayta tiklanishi ß-SrossLaps va P1NP markerlarining ahamiyati va kasallikni samarali davolashning tartibini shakllantirish imkonini bergan;
sil spondiliti bilan og‘rigan bemorlarda suyak to‘qimasi alamashinuvining buzilishi va ularni korreksiya qilish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax va Sirdaryo viloyatlari filiallari klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 25 yanvardagi 8n-d/38-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi sil spondiliti bilan xastalangan katta yoshdagi bemorlarda suyak rezobrsiyasi intensivligi fiziologik ko‘rsatkichlarga nisbatan 3 baravarga, yosh bemorlarda 1,5 baravarga oshganligi, suyak to‘qimasi zichligi pasayishining asosiy sababi spesifik va nospesifik yallig‘lanishga bog‘liqligini inobatga olgan holda kasallik asoratlarni oldini olish va bemorlarning umrini uzayishi va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.