Xaydaraliev Xurshid Xamidullaevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlarini takomillashtirish (harbiy ta’lim yo‘nalishlari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped576.
Ilmiy rahbar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Ma’murov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Akramov Xusnitdin Muxitdinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlarini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash va optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlari murakkab pedagogik tizimning komponentlari sifatida asoslanib, tashkiliy tuzilmasi va mazmuniga muvofiq o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini retrospektiv davriyligiga ko‘ra ta’minlash mexanizmlari takomillashtirilgan;
talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi samaradorligini aniqlash ko‘rsatkichlari va baholash mezonlari uning komponentlarining gorizantal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari va izchillik tamoyillariga ko‘ra  takomillashtirilgan;
talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlari sub’ektlarining faoliyati algoritmi, motivatsion jarayonlari izchilligini ta’minlash mexanizmlarini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlari modeli sub’ektlar induvidual faoliyatini tizimlashtirish asosida texnologik jarayonlar modeli sifatida  takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlari murakkab pedagogik tizimning komponentlari sifatida asoslanib, tashkiliy tuzilmasi va mazmuniga muvofiq o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini retrospektiv davriyligiga ko‘ra ta’minlash mexanizmlari takomillashtirilganligiga doir yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-son «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorining «Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning bosqichlari va yo‘nalishlari» nomli 5-bobi mazmunidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 3 sentyabr` kuni VD-5111500-3.05 raqam bilan ro‘yhatga olingan «Talaba yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish» tanlov fani dasturi, ishchi dasturi, ishchi-o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5136-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tanlov fan asosida olib borilayotgan dars mashg‘ulotlari asosida talabalarda harbiy vatanparvarlikka oid bilim va ko‘nikmalar rivojlantirilmoqda;
talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi samaradorligini aniqlash ko‘rsatkichlari va baholash mezonlari uning komponentlarining gorizantal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari va izchillik tamoyillariga ko‘ra  takomillashtirilganligiga doir yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 140-son  “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining “Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning bosqichlari va yo‘nalishlari” nomli 5-bobi mazmunidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2015 yil 15 fevraldagi 2-540-son qarori bilan tasdiqlangan oliy ta’lim muasasalari harbiy ta’lim fakul`tetlari va kafedralaranining bakalavriat yo‘nalishlari uchun “Harbiy vatanparvarlik” fani Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2021 yil 23 fevraldagi 25/10/332-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23-fevraldagi 140-son “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarorining  mazmunidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini samarali ta’minlashga erishildi hamda “Harbiy vatanparvarlik” fani Davlat ta’lim standarti mazmunan boyitilgan;
talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlari sub’ektlarining faoliyati algoritmi, motivatsion jarayonlari izchilligini ta’minlash mexanizmlarini joriy etish asosida takomillashtirilganligiga doir yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va Texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan A-1-099 raqamli    2015-2017 yildagi «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» mavzudagi loyiha doirasida 2017 yilda Farg‘ona nashriyoti tomonidan nashr etilgan «Barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi» nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatmaning «Barkamol inson shaxsi strukturasining asosiy qismlari (aqliy, axloqiy, estetik)» nomli 2-bobini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5136-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida barkamol inson shaxsiyatini shakllantirishda harbiy vatanparvarlik sifatlariga qo‘yiladigan talablar va mezonlar to‘g‘risida uslubiy asos yaratilgan;
talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonlari modeli sub’eklar induvidual faoliyatini tizimlashtirish asosida texnologik jarayonlar modeli sifatida takomillashtirilganligiga doir yangiliklardan 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20170930223 - raqamli «Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish»mavzusidagi amaliytadqiqot loyiha doirasida 2020 yilda « O’z kitob savdo nashriyoti » tomonidan nashr etilgan «Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning pedagogik mexanizmi» nomli monografiyaning «Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda ta’lim muassasalarining imkoniyatlari va pedagogik yo‘nalishlari» nomli 3-bo‘limini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5136-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon uchun metodologik asos yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish