Kazimov Jamshid Shamshidinovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped493.
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Maqsud Abdullaevich pedagogika fanlari doktori, professor; Azimova Ziyodaxon Ergashevna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi UO‘TMda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
UO‘TMda tashkil etiladigan ta’lim va tarbiya jarayonlarining xususiyatlari o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlik, izchillik, uzviylik, ob’ektivlik, integrativlik va protsessual omillar nuqtai nazaridan aniqlashtirilib, pedagogik tizimga xos xususiyatlari ko‘ra o‘quvchilarga bilim berish jarayonlari, kasb-hunarga yo‘naltirish, ijodiy fikrlashga o‘rgatish kabi zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish mexanizmlari takomillashtirilgan;
UO‘TMda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonlari samaradorligini aniqlash indikatorlari sifatida o‘quvchilarda o‘quv motivlari, ta’limiy ehtiyojlar, kommunikativ va refleksiv faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirish hamda o‘qituvchilarning boshqaruv yo‘nalishidagi ta’lim va tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslarda tashkil etishning kasbiy kompetentligi darajalari belgilanib, mazkur komponentlarga ko‘ra baholash ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
ta’lim va tarbiya jarayonlarining tez o‘zgaruvchan xususiyatlariga ko‘ra o‘quvchilarning faolligini ta’minlashga xizmat qiluvchi oldindan ko‘rish-rejalashtirish, motivlashtirish, muvofiqlashtirish, nazorat va axborot-tahlil kabi boshqaruv funksiyalarini tatbiq etish texnologiyalari aniqlashtirilib, ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarishni amalga oshiruvchi mexanizmlar sifatida takomillashtirilgan;
UO‘TMda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish jarayoni modeli pedagogik tizimda sifat va samaradorlikni ta’minlash mexanizmlari boshqaruv funksiyalari va metodlaridan samarali foydalanish va amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishlarini belgilash orqali takomillashtirishgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. UO‘TMda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
UO‘TMda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari»da belgilangan kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy kabi tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 10 noyabrdagi 01/11-03/03-1293-sonli ma’lumotnomasi). Natijada davlat ta’lim standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda, rahbar va pedagog xodimlar hamda o‘qituvchilarning mas’uliyati va kasbiy kompetentliligini rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirish yo‘nalishlari belgilangan;
UO‘TMda ta’lim-tarbiya jarayonlari sifat va samaradorligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish va boshqarishga oid mualliflik g‘oyalaridan Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2019 yil 30 yanvardagi 6-sonli Ilmiy Kengash yig‘ilishida tasdiqlangan “Innovatsiyalarni ta’lim tizimiga joriy etishning muammo va echimlari” yalpi mavzusi asosida olib borilgan hamda F1-XT-0-020452-raqamli «Dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalarga nisbatan konstruktiv ta’sir etishning nazariy va metodologik asoslari» fundamental (2012-2015 yillar) tadqiqot loyihalarida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 10 noyabrdagi 01/11-03/03-1293-son ma’lumotnomasi). Natijada dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalar bilan ishlash hamda pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan;
UO‘TMda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini tayyorlashga oid muallif takliflari va g‘oyalaridan Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 10 avgustdagi «Xalq ta’limi tizimida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va ilmiy-metodik xizmatni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 258-sonli buyrug‘i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «Xalq ta’limi tizimida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida Nizom»ni tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 10 noyabrdagi 01/11-03/03-1293-son ma’lumotnomasi). Natijada UO‘TMlari rahbarlari va pedagog xodimlarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish jarayonlari modeli strategik yondashuv asosida takomillashtirilgan.