Abdulvohidov Elyor Abdulhamid o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chingiz Aytmatovning pedagogik konsepsiyasi va uning yozuvchi ijodida badiiy-publisistik  ifodalanishi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped875.
Ilmiy rahbar: Nosirov Qodirjon, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyodaxon Ergashevna,  pedagogika fanlari doktori, dotsent; Sabirova Venera Kubatovna,  filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Chingiz Aytmatovning pedagogik konsepsiyasini yozuvchining ta’lim va tarbiyaga oid qarashlari yaxlit tizimi sifatida belgilash, mutanosib ifodalash va kadrlar tayyorlash jarayoniga tatbiq etishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik muammolarning echimi, pedagogik hodisalarning mazmun-mohiyatini ifodalovchi hamda yaxlit tizimini tashkil etuvchi qarashlar, o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan g‘oyalar “yozuvchining pedagogik konsepsiyasi” 
tushunchasining mazmuni va strukturasi sifatida aniqlashtirilgan;
germenevtik yondoshuv asosida Chingiz Aytmatovning ta’lim-tarbiyaga oid g‘oyalari umumlashtirilgan, yozuvchi pedagogik konsepsiyasining amaliy, motivatsion-kognitiv, hissiy-emotsional, aksiologik  komponentlari aniqlangan;
yozuvchi ijodidagi shaxsiy namunaga asoslangan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir avlodlar vorisiyligi, tarixiy ong va xotira, o‘zini o‘zi anglash, inson va tabiat koevolyusiyasi bilan bog‘liq g‘oyalar antropotsentrik jihatlar (har qanday bilimda insoniy o‘lchov mavjudligi)ni inobatga olish asosida tizimlashtirilgan; 
talabalarning badiiy-analitik tafakkurini rivojlantirishning algoritmik bosqichlari axborot-kommunikatsion, muammoli-tadqiqiy va  ijtimoiy loyihalash texnologiyalarini auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chingiz Aytmatovning pedagogik konsepsiyasini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogik muammolarning echimini pedagogik hodisalarning mazmun-mohiyatini ifodalovchi hamda yaxlit tizimini tashkil etuvchi qarashlar, o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan g‘oyalar “yozuvchining pedagogik konsepsiyasi” tushunchasining strukturasi sifatida aniqlashtirilganligiga oid materiallar 5110900 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 sentyabrdagi 89-03-673-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda Chingiz Aytmatovning asarlaridagi pedagogik g‘oyalarini tahlil qilish ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
germenevtik yondoshuv asosida Chingiz Aytmatov pedagogik konsepsiya-sining amaliy, motivatsion-kognitiv, hissiy-emotsional, aksiologik  komponentlarinianiqlashga doir g‘oyalardan FZ-201912099 raqamli “O‘zbek fol`klorining o‘zbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va mul`timedia maxsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 sentyabrdagi 89-03-673-son ma’lumotnomasi). Natijada, mul`timedia ma’sulotlarining ma’naviy-ahloqiy ta’sirchanligi boyitilgan;
yozuvchi ijodidagi shaxsiy namunaga asoslangan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir avlodlar vorisiyligi, tarixiy ong va xotira, o‘zini o‘zi anglash, inson va tabiat koevolyusiyasi bilan bog‘liq g‘oyalar antropotsentrik jihatlarni inobatga olish bo‘yicha takliflar 5111300 – Ona tili va adabiyoti (o‘zga tilli guruxlarda rus tili va adabiyoti) bakalavriat ta’limi yo‘nalishi malakaviy talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 fevraldagi 89-03-673-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda muayyan yozuvchining pedagogik konsepsiyasini aniqlash va tizimlash ko‘nikmalari shakllantirilishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish