Nabiev G‘ulomjon Abdisalomovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy  ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining iqtisodiy munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyalari” (“Iqtisodiy bilim asoslari” fani misolida), 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2 PhD/Ped1114.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alihanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Muzaffar Muxammadjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Artiqova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining iqtisodiy munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitishda o‘quvchilarda iqtisodiy munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni didaktik tizim yaxlitligi, elementlar (o‘qitish  maqsadi,  metodikasi,  tamoyillari, 
shart-sharoitlari va natijasi) birligi asosida takomillashtirilgan;
“Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitishda muammoli topshiriqlar, o‘quv loyihalari, amaliy va didaktik o‘yinlarga ustuvorlik berish orqali o‘quvchilarda iqtisodiy munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmi (qiziqishlarning maqsadga aylanishi, iqtisodiy munosabatlardagi faollik, vitagenlik negizida) takomillashtirilgan; 
“Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitish jarayonida o‘zlashtiriladigan kompetensiyalarni o‘z ichiga olgan o‘quvchilarda iqtisodiy munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasini belgilovchi kognitiv (boshlang‘ich), empirik (zarur), kreativ (yuqori) darajalar kabi indikatorlar asosida takomillashtirilgan;
“Ekonobus” va “Ekonomcross” amaliy didaktik o‘yinlar hamda “Maktab biznes-moduli” nomli loyiha tavsifidagi texnologiyalarni “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitish jarayonlariga tatbiq etish orqali o‘quv-metodik ta’minot boyitilgan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim maktablari  o‘quvchilarining iqtisodiy munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: 
o‘quvchilar tomonidan “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini samarali o‘zlashtirishga oid xorijiy tajribalarni o‘rganish, ularda iqtisodiy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan “Tejamkor startap”, “Maktab biznes-modeli” texnologiyalari, shuningdek, mualliflik huquqi bilan tasdiqlangan “Ekonobus” intellektual (№002274 – “Intellektual mulk” agentligi guvohnomasi, 02.07.2020 yil) va “Ekonomkross” (№002275 – “Intellektual mulk” agentligi guvohnomasi, 02.07.2020 yil) didaktik kabi o‘yinlar kabi metodik ishlanmalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun iqtisodiy bilim asoslari  o‘quv fanidan DTS, o‘quv dasturi, darsliklarni yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini shakllantirish, mazmunini boyitishda foydalanilgan (Respublika Ta’lim markazining 2020  yil 4 dekabrdagi 01/11-01/03-1462-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilar tomonidan iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishga doir kognitiv va empirik bilimlar rivojlangan;
ta’lim jarayonida o‘quvchilarning individual imkoniyatlarini inobatga olish, ularda o‘quv topshiriqlarini jamoaviy bajarish malakalarini rivojlantirishga imkon beradigan tizim va metodik ta’minoti, o‘quvchilarning tegishli fan bo‘yicha kognitiv va empirik bilimlarini baholovchi mezonlar (boshlang‘ich – anglash, zarur – o‘zlashtirish, yuqori – qo‘llash darajalar) asosida  “Iqtisodiy bilim asoslari”  fanini o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim maktablari  o‘quvchilarining iqtisodiy munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir amaliy-metodik tavsiyalardan Nizomiy nomidagi TDPUning ITD-4-108 – “Yoshlarda moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligini ta’minlash: muammo va vazifalar” amaliy loyihasi (2009-2010 yillar) nomli amaliy loyiha metodikasi hamda monografiyasini tayyorlash va chop etishda nazariy, amaliy material sifatida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 14 yanvardagi 89-03-185-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining iqtisodiy munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasini tashxislash, bosqichli monitoringni amalga oshirish mexanizmlari takomillashgan;
iqtisodiy munosabatlarga kirishish ko‘nikmalariga egalik darajasini tashxislash, bosqichli monitoringni amalga oshirish mexanizmlarining takomillashtirilishi “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining iqtisodiy munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirishning kognitiv-empirik asoslarini takomillashishini ta’minlagan (Respublika Ta’lim markazining 2020  yil 4 dekabrdagi 01/11-01/03-1462-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida nazariy xarakterdagi iqtisodiy bilimlarni amaliyotga tatbiq qilish ko‘nikma va malakalari rivojlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish