Abduraxmonov Botirjon Mirzamaxmudovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab o‘quvchilarining geografik madaniyatini shakllantirishda ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasi (tabiiy geografiya misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped419.
Ilmiy rahbar: Avazov Sherimmat, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Kamolov Baxodir Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor; Matsaidova Sayyora Xudayberganovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarning geografik madaniyatini shakllantirishda ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari o‘quvchilari geografik madaniyatini shakllantirish jarayonining tasviriy-didaktik jihatlari ta’lim vositalari tasniflanishida ta’lim, muhit va ular orasidagi uzluksizlik va uzviylikni hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilari geografik madaniyatini shakllantirish metodik tizimi modeli ta’lim vositalaridan foydalanishning mexanizmlari va model komponentlarining uzviy bog‘liqligi asosida ishlab chiqilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilari geografik madaniyatining shakllanganlik darajalarini refleksiv tahlil qilish va tahliliy faoliyat natijalari xaritagrafik savodxonlikning kafolatlangan samaradorligi ko‘rsatkichlari orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilar geografik madaniyatini shakllanishini ta’minlovchi ta’lim vositalari majmuasidan foydalanishning didaktik, ergonomik metodik talablari elektron darslik, interfaol xaritagrafik qo‘llanmalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning geografik madaniyatini shakllantirishda ta’lim vositalaridan foydalanish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim maktablari o‘quvchilari geografik madaniyatini shakllantirish jarayonining tasviriy-didaktik jihatlari ta’lim vositalari tasniflanishida ta’lim, muhit va ular orasidagi uzluksizlik va uzviylikni hisobga olish asosida takomillashtirishga doir takliflardan Namangan davlat universiteti 5140600-geografiya bakalavr yo‘nalishi o‘quv rejasini takomillashtirish jarayonida, o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishda, o‘qitish samaradorligini oshirishda, maxsus fanlar bo‘yicha o‘quv amaliyoti, diplom oldi amaliyoti davomida hamda bitiruv malakaviy ishlarni bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 iyuldagi 89-03-2629-son ma’lumotnomasi). Natijada geografiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar, elektron va boshqa vositalarning metodik ta’minoti takomillashtirilgan, “5140600 - Geografiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga “O‘quvchilarning geografik madaniyatini shakllantirish” maxsus kursi kiritilishiga erishilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilari geografik madaniyatini shakllantirish metodik tizimi modeli asosida ishlab chiqilgan ta’lim vositalaridan foydalanish mexanizmlari hamda ta’lim vositalari majmuasidan foydalanishning didaktik, ergonomik metodik talablarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari Namangan, Andijon va Buxoro viloyatlaridagi tajribaviy maktablarning tabiiy geografiya fani bo‘yicha ta’lim jarayonida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 25 avgustdagi 02-02/4-516-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ta’lim muassasalari o‘quvchilarida geografik madaniyatni shakllantirishda geografiya ta’limi vositalaridan foydalanishning metodik tizimi va texnologiyalari takomillashtirilgan, xususan, o‘quvchilarda geografik madaniyat fazilati shakllanishini nazorat qilish, uning mezonlari, ko‘rsatkichlarini aniq belgilash hamda ijrosini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lingan hamda umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan tabiiy geografiya kurslari o‘quv-uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilari geografik madaniyatining shakllanganlik darajalarini refleksiv tahlil qilish va tahliliy faoliyat natijalari xaritagrafik savodxonlikning kafolatlangan samaradorligi ko‘rsatkichlari orqali aniqlashtirishga oid hamda ta’lim vositalari majmuasidan foydalanishning didaktik, ergonomik metodik talablarini takomillashtirishga oid takliflardan tabiiy geografiya ta’limi vositalari majmuasi yaratilgan, ulardan foydalanish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar (“Tabiiy geografiya: qiziqarli dars shakllari”, “Geografiya: seminar va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish”, “Geografiya ta’limida elektron xaritagrafik qo‘llanmalardan foydalanish”, “5-sinf Geografiyadan mashq daftari”, “6-sinf Geografiyadan mashq daftari”, “Obrazovatel`nie resursi seti Internet v obuchenii prirodovedeniya i geografii: mobil`nie prilojenii”) nashr etilgan hamda elektron darslik, elektron uslubiy qo‘llanma va ishlanmalar (“Meteorologiya” elektron darslik. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 2018 yil 9 apreldagi №DGU-05295-son guvohnomasi asosida, “UzTerra 1.1.” interfaol xaritagrafik trenajyor. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan 2021 yil 9 fevraldagi №DGU-10424-son guvohnomasi asosida, “Tabiiy geografiya: qiziqarli dars shakllari”, “Elektron xaritagrafik katalog”, “Evraziya”, “Yujnaya Amerika”, “Shimoliy Amerika”) ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 25 avgustdagi 02-02/4-516-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablari tabiiy geografiya kurslarining amaldagi didaktik-metodik ta’minoti takomillashtirilgan.