Usmonov Saidikromxo‘ja Saydalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy mafkuraning jamiyatda ijtimoiy-madaniy barqarorlikni ta’minlashga ta’siri”, 09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal528.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Niginaxon Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Tulenova Gulmira Jandarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Akramova Shaxnoza Abrorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy mafkuraning O‘zbekiston yaxlitligi, ijtimoiy-madaniy barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlashga ta’sirini ochib berish va kelajak istiqbollarini belgilashning zaruriyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy mafkuraning xalqni birlashtirish, milliy qadriyatlarga sodiqlik, milliy davlatchilikni rivojlantirishga oid amaliyotchiligini insonparvarlik, adolatparvarlik, bag‘rikenglik kabi umuminsoniy mezonlar bilan uyg‘unlashtirish zaruriyati deduksiya va induksiya metodi asosida falsafiy jihatdan ochib berilgan;
bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-madaniy barqarorligiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan amoralizm, ma’naviy beqarorlik, kosmopolitizm, nigilizm kabi tahdidlar aniqlanib, jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida turli tahdidlarga qarshi turish va ularni bartaraf etishda milliy g‘oya, milliy mafkura muhim omil ekanligi asoslangan;
milliy mafkura xalqni birlashtiruvchi kuch sifatida jamiyatda identiklikni saqlash mezoni hamda mamlakatning ijtimoiy madaniy, geoiqtisodiy, intellektual jihatdan rivojlanishini ta’minlovchi, jamiyat ma’naviy qiyofasini namoyon qiluvchi usqurtmaviy asos ekanligi falsafiy jihatdan dalillangan;
ma’naviyatga nisbatan yuzaga kelgan tahdidlarni bartaraf etish omillari sifatida milliy o‘zlikni rivojlantirish, milliy mafkurani fuqarolar ongiga singdirish, milliy tarbiyani zamon talablariga moslashtirish, ularni jamiyat a’zolari amaliy faoliyatiga aylantirish imkoniyatlari “Public relations” (PR) – “Jamoa bilan aloqalar”, “Muloqot”, “Ibrat (Bugungi kun qahramolaridan ibrat-namuna olish)” kabi zamonaviy g‘oyaviy targ‘ibot texnologiyalarini asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy mafkuraning jamiyatda ijtimoiy madaniy barqarorlikni ta’minlashga ta’sirini asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
milliy mafkuraning xalqni birlashtirish, milliy qadriyatlarga sodiqlik, milliy davlatchilikni rivojlantirishga oid amaliyotchiligini umuminsoniy mezonlar bilan uyg‘unlashtirish zaruriyatiga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Fazilatli avlod” nomli ilmiy-ommabop risolani tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 3 dekabrdagi 02/07-1061-son ma’lumotnomasi). Natijalar o‘quv qo‘llanma mazmunining boyishiga, yoshlarni tarbiyalashga, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan profilaktika va targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
amoralizm, ma’naviy beqarorlik, kosmopolitizm, nigilizm turli tahdidlarga qarshi turish va ularni bartaraf etishda milliy mafkura muhim omil ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlar o‘rtasida milliy g‘oyani targ‘ib qilish jarayonlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2020 yil 7 iyuldagi 04-13/2035-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar ittifoqining amaliy faoliyatini tizimli tashkil etishga va targ‘ibot ishlari samaradorligiga xizmat qilgan;
milliy mafkura jamiyatda identiklikni saqlash mezoni hamda mamlakatning ijtimoiy madaniy, geoiqtisodiy, intellektual jihatdan rivojlanishini ta’minlovchi, jamiyat ma’naviy qiyofasini namoyon qiluvchi usqurtmaviy asos ekanligiga oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Baxtli bola ma’naviyati” va “Yosh ota-ona kitobi” nomli o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 3 dekkabrdagi 02/07-1061-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar o‘quv qo‘llanma mazmunini takomillashtirishga, undan foydalanuvchilarning ma’naviy madaniyati va ijtimoiy ongining o‘zgartirishga xizmat qilgan.