Paluanova Zuxra Daribaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasida suisidning ijtimoiy-psixologik muammosi va profilaktikasi”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.3.RhD/P202.
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Dustkobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Ibadullaev Zarifboy Radjapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy-psixologik muammolarni ochib berish va suisidni oldini olish bo‘yicha choralarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor yakunlangan suisidning hududiy xususiyatlariga ko‘ra aholi deyarli yashamaydigan olis va ekologiyasi inson hayoti uchun og‘ir hududlarda shaxs uchun hayot sifati pasayib borishi, hayot qiymatligining keskin qadrsizlanishi oqibatida suisid ko‘rsatkichining o‘sishiga psixologik muhit yaratib berilishi, va aksincha jamoaviy hayot tarzi yuqori hamda ekologik sog‘lom muhitli (nisbatan sog‘lom) va er bilan ishlash madaniyati yuqoriligi kabi omillar hayot sifati va odam psixikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida suisid ko‘rsatkichining pasayishiga olib kelishi isbotlangan;
epidemiologik o‘chog‘ bo‘lgan hududda suv va tuproqda odam organizmiga hamda psixikasiga kuchli salbiy ta’sir etuvchi, uni depressiya holatiga olib keluvchi modda mavjud bo‘lishi, depressiya esa o‘z navbatida inson uchun hayotni keskin qadrsizlantirib, bunday psixologik muhitda kichik nizo ham yakunlangan suisidga sababchi bo‘lishi asoslangan;
ilk bor menejmentning quyi saviyada bo‘lishi oqibatida bo‘ysunuvchi shaxsning surunkali ravishda kuchli stresslarni boshdan kechirishi shaxs uchun hayotni keskin qadrsizlantirishiga olib keladigan psihologik holat sifatida suisid bilan bog‘liqliqligi hamda surunkali davom etadigan moddiy qiyinchiliklar, ular asosida vujudga keladigan oilaviy nizolar, shaxsni o‘z hayoti, faoliyatidan qoniqmaslik, o‘ziga nisbatan hurmatini, o‘z-o‘zini baholashni pasayishi natijasida shaxsni suisid holatiga olib kelishi isbotlangan;
suisidni yuzaga kelishi va suisidal fikrlarni suisidal harakatlarga o‘tishida psixologik jihatdan oilaning yetakchilik o‘rni, va aksincha suisidal fikrlarni suisidal harakatlarga o‘tishdan saqlashda ham oila yetakchi omil sifatida namoyon bo‘lishi sababli suisidning oldini olishda oila institutiga ijtimoiy-psixologik aspektda katta e’tibor qaratish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy-psixologik muammolar, suisid omillari, sabablari va uni oldini olishni tadqiq qilish natijalari asosida quyidagi natijalar olindi:
ilk bor yakunlangan suisidning hududiy xususiyatlariga ko‘ra aholi deyarli yashamaydigan olis va ekologiyasi inson hayoti uchun og‘ir hududlarda shaxs uchun hayot sifati pasayib borishi, hayot qiymatligining keskin qadrsizlanishi oqibatida suisid ko‘rsatkichining o‘sishiga psixologik muhit yaratib berilishi, va aksincha jamoaviy hayot tarzi yuqori hamda ekologik sog‘lom muhitli (nisbatan sog‘lom) va er bilan ishlash madaniyati yuqoriligi kabi omillar hayot sifati va odam psixikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida suisid ko‘rsatkichining pasayishiga olib kelganligini isbotlashga oid tavsiyalar “Boshqaruv psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi  PM-6-a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak rahbar kadrlarni kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish hamda kasbiy saviyasini sifat jihatdan takomillashtirish zamin yaratilgan;
epidemiologik o‘chog‘ bo‘lgan hududda suv va tuproqda odam organizmiga hamda psixikasiga kuchli salbiy ta’sir etuvchi, uni depressiya holatiga olib keluvchi modda mavjud bo‘lishi, depressiya esa o‘z navbatida inson uchun hayotni keskin qadrsizlantirib, bunday psihologik muhitda kichik nizo ham yakunlangan suisidga sababchi bo‘lishni asoslashga oid takliflar “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi  PM-6-a-son ma’lumotnomasi). Natijada “Etnopsixologiya” moduli ilmiy, nazariy jihatdan boyitilishi hisobiga psixolog kadrlarni sifat darajasi va amaliy kasbiy ko‘nikma hamda malakalarini yanada takomillashtirishga erishilgan;
ilk bor menejmentning quyi saviyada bo‘lishi oqibatida bo‘ysunuvchi shaxsning surunkali ravishda kuchli stresslarni boshdan kechirishi shaxs uchun hayotni keskin qadrsizlantirishiga olib keladigan psihologik holat  sifatida suisid bilan bog‘liqliqligi hamda surunkali davom etadigan moddiy qiyinchiliklar, ular asosida vujudga keladigan oilaviy nizolar, shaxsni o‘z hayoti, faoliyatidan qoniqmaslik, o‘ziga nisbatan hurmatini, o‘z-o‘zini baholashni pasayishi natijasida shaxsni suisid holatiga olib kelishini isbotlashga oid takliflar “Ontogenez va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi  PM-6-a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixolog kadrlarni gender siyosatini jamiyatda ilmiy asosda olib borish, xukumat tomonidan gender siyosati, ayollarni, bolalarni muxofaza qilish, shaxsga jamiyatda psixologik komfort sharoit yaratib uni potensial imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy xujjatlarni tayyorlashda qimmatli g‘oyalar bilan faol qatnashish imkoniyatlarini oshirgan;
suisidni yuzaga kelishi va suisidal fikrlarni suisidal harakat-larga o‘tishida psixologik jihatdan oilaning yetakchilik o‘rni, va aksincha suisidal fikrlarni suisidal harakatlarga o‘tishdan saqlashda ham oila yetakchi omil sifatida namoyon bo‘lishi sababli suisidning oldini olishda oila institutiga ijtimoiy-psixologik aspektda katta e’tibor qaratish zaruratini asoslash yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar “Psixologik xizmat” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi  PM-6-a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixolog kadrlarda suisid muammosiga kopleks yondashish, suisidni yuzaga kelishi va oldini olishda psixologiya potensialidan samarali va o‘z vaqtida foydalanish bilan birga shaxs psixikasiga ta’sir etuvchi o‘zga omillarni xisobga olish va psixologik xizmatni barcha tarkibiy qismlaridan yanada yuqori saviyada foydalanish malakalari shakllantirildi. Psixologlarni suisid profilaktikasi bo‘yicha kasb saviyasini, kompetensiyasini keskin oshirdi va uslubiy jihatdan kuchaytirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish