Baratova Dilafro‘z Sharifovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahallada aholining turli guruhlariga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy psixologik mexanizmlari”, 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Psi16.
Ilmiy maslahatchi: Shoumarov G‘ayrat Baxromovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Utepberganov Marat Allanazarovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya  fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahallada aholining turli guruhlariga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy psixologik mexanizmlarini takomillashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalla ijtimoiy-psixologik jihatdan aholini jipslashtiruvchi, shaxs xulqining yoshlikdan jamoaviy tarbiyachisi, milliy qadriyatlarni saqlash va avloddan-avlodga etkazuvchi, ruxiy va moddiy jihatdan muhtojlarga ko‘mak beruvchi, ijtimoiy illatlarga tanqidiy munosabat va ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlariga shukronalik hissini shakllantiruvchi dunyoda analogi bo‘lmagan noyob ijtimoiy-psixologik institut ekanligi ilmiy asoslangan; 
mahalladagi psixologik muhitni o‘zgartirishda aholi asosini tashkil etuvchi yoshlarda qadriyatlar qiymatining o‘zgarishi, oilali shaxslar idrokida oila institutining nisbatan qadrsizlanishi mumkinligi va nogironlarning ijtimoiy-psixologik holatini ijobiy tomonga o‘zgartirish kabilarni ijtimoiy-psixologik va tashkiliy-psixologik jihatdan takomil talabligi asoslangan;
mahalla aholisiga malakali psixologik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishda shaxslararo ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy-psixologik omil va sabablarning oldini olish (muloqot va nutq madaniyati, jamoa bilan ishlar, h.k.) hamda individual va jamoaviy boshqaruv psixologiyasi vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli ijtimoiy-psixologik malakalarni shakllantirishda turli nizoli vaziyatlarni oldini olishda urg‘uni “bahs-munozara”, “o‘zini chetga olish” kabilarga emas balki, “hamkorlik” va “moslashuv”larga berish zarurligi asoslangan; 
mahalla aholisida emotsional-irodaviy xislatlarni mustahkamlash, o‘z-o‘zini ijobiy baholash, va shaxsning o‘ziga bo‘lgan hurmatini oshirish bilan bir qatorda jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni ob’ektiv idrok etish, shukronalik hislarini rivojlantirish, mahalliy xalqlar etnopsixologiyasiga xos fazilatlarni real faktlar, qiyosiy ma’lumotlar, hayotiy misollar, umuminsoniy qadriyatlarni qiymatini ko‘rsatish, istiqbolga ishonch hosil qilish kabilar mahallada sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirishning hozirgi bosqichdagi muhim vositasi ekanligi asoslangan; 
aholining kichik guruhlar shaxsida namoyon bo‘luvchi salbiy psixologik holatlar (asabiylik, agressivlik, firibgarlik, asossiz shikoyatbozlik, mahalliychilik va h.k.), shu jumladan oilada ko‘p uchrayotgan jinoyatchilikni oldini olishda shaxsning psixologik potensialidan samarali foydalanish hayotni ob’ektiv idrok etish, o‘z hayot yo‘lini to‘g‘ri tanlash, yuz berayotgan voqea va xodisalardan odilona xulosa chiqarish, o‘zining shaxsiy taqdirini strategiyasini belgilashni shakllantirish, ta’sirchan maqsadli va manzilli ishlarni tashkil etish orqali ularning dunyoqarashi, xulq-atvori, hayotga bo‘lgan munosabati, o‘zining salbiy o‘tmishiga tanqidiy qarashi hamda ob’ektiv baho berishiga erishilishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahallada aholining turli guruhlariga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy psixologik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalla ijtimoiy-psixologik jihatdan aholini jipslashtiruvchi, shaxs xulqining yoshlikdan jamoaviy tarbiyachisi, milliy qadriyatlarni saqlash va avloddan-avlodga etkazuvchi, ruxiy va moddiy jihatdan muhtojlarga ko‘mak beruvchi, ijtimoiy illatlarga tanqidiy munosabat va ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlariga shukronalik hissini shakllantiruvchi dunyoda analogi bo‘lmagan noyob ijtimoiy-psixologik institut sifatida asoslangan takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi 2-sonli buyrug‘i bilan “Psixologik xizmatni tashkil etishning me’yoriy-huquqiy asoslari“ moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi P-M-2b-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy tayanch kompetensiyalarini shakllantirishga hamda mahallada psixologik xizmatni tashkil etish bilan bog‘liq  kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan;
mahalladagi psixologik muhitni o‘zgartirishda aholi asosini tashkil etuvchi yoshlarda qadriyatlar qiymatining o‘zgarishi, oilali shaxslar idrokida oila institutining nisbatan qadrsizlanishi mumkinligi va nogironlarning ijtimoiy-psixologik holatini ijobiy tomonga o‘zgartirish kabilarni ijtimoiy-psixologik va tashkiliy-psixologik jihatdan takomillashtirishga oid takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi 2-sonli buyrug‘i bilan “Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi P-M-2b-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak amaliyotchi psixologlarning turli toifadagi shaxslar bilan ishlash malakasi va psixologik xizmatni tashkillashtirishda psixologik ta’sir usullaridan foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishning ilmiy-metodik ta’minotini boyitishga erishilgan;
mahalla aholisiga malakali psixologik xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishda shaxslararo ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy-psixologik omil va sabablarning oldini olish (muloqot va nutq madaniyati, jamoa bilan ishlar, h.k.) hamda individual va jamoaviy boshqaruv psixologiyasi vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli ijtimoiy-psixologik malakalarni shakllantirishda turli nizoli vaziyatlarni oldini olishda urg‘uni “bahs-munozara”, “o‘zini chetga olish” kabilarga emas balki, “hamkorlik” va “moslashuv”larga berish zarurligiga oid tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi 2-sonli buyrug‘i bilan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi P-M-2b-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining turli guruhlariga psixologik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengaytirilgan va bo‘lg‘usi amaliy psixologlarning kelgusidagi amaliy faoliyatini samarali tashkil etish imkoniyatlarining oshirilishiga erishilgan;
mahalla aholisida emotsional-irodaviy xislatlarni mustahkamlash, o‘z-o‘zini ijobiy baholash, va shaxsning o‘ziga bo‘lgan hurmatini oshirish bilan bir qatorda jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni ob’ektiv idrok etish, shukronalik hislarini rivojlantirish, mahalliy xalqlar etnopsixologiyasiga xos fazilatlarni real faktlar, qiyosiy ma’lumotlar, hayotiy misollar, umuminsoniy qadriyatlarni qiymatini ko‘rsatish, istiqbolga ishonch hosil qilish kabilar mahallada sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirishning hozirgi bosqichdagi muhim vositasi ekanligini asoslashga doir takliflar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi 2-sonli buyrug‘i bilan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi P-M-2b-son ma’lumotnomasi). Natijada har tomonlama etuk, barkamol, raqobatbardosh amaliyotchi psixolog kadrlar tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minotini boyitilishiga erishilgan;
aholining kichik guruhlar shaxsida namoyon bo‘luvchi salbiy psixologik holatlar (asabiylik, agressivlik, firibgarlik, asossiz shikoyatbozlik, mahalliychilik va h.k.), shu jumladan oilada ko‘p uchrayotgan jinoyatchilikni oldini olishda shaxsning psixologik potensialidan samarali foydalanish hayotni ob’ektiv idrok etish, o‘z hayot yo‘lini to‘g‘ri tanlash, yuz berayotgan voqea va xodisalardan odilona xulosa chiqarish, o‘zining shaxsiy taqdirini strategiyasini belgilashni shakllantirish, ta’sirchan maqsadli va manzilli ishlarni tashkil etish orqali ularning dunyoqarashi, xulq-atvori, hayotga bo‘lgan munosabati, o‘zining salbiy o‘tmishiga tanqidiy qarashi hamda ob’ektiv baho berishiga oid takliflar “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi P-M-2b-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixolog-talabalarning nazariy bilimlari va amaliy-kasbiy tayyorgarligini sifat jihatdan oshirishga qaratilgan o‘quv uslubiy ta’minot bazasini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish