Bannaev Nurmuxammad Toshmamatovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashga oid bilimlarni shakllantirish yo‘llari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (huquq) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped626.
Ilmiy rahbar: Xashimova Ma’suda Kamiljanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Topildiev Baxromjon Raximjonovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashga oid bilimlarni shakllantirish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalarida shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashga oid bilimlarni individual va kollegial yondashuv orqali shakllantirish jarayonining (aksiologik, kommunikativ va retrospektivlik) pedagogik jihatlari aniqlashtirilgan;
talabalarda shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashga oid bilimlarni shakllantirish jarayoni determinantlarining korreksion – funksional integratsiyasi ierarxik tizim asosida takomillashtirilgan;
talabalarda shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashga oid bilim, ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi “jamiyat – shaxs – bilim – hayot – amaliyot” integratsiyasi tamoyilini tatbiq etish mexanizmlari VMIN (vazifa-manfaat-imkoniyat-natija) texnologiyasi orqali takomillashtirilgan;
“Dialektik yondashuv” va “Pragmatik fikrlash” ta’lim texnologiyalarini joriy etish mexanizmlari asosida talabalarga ijtimoiy munosabatlar mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvi va ularni yuzaga keltiruvchi sabablarni o‘rgatishning pedagogik modeli futurologik usul yordamida ijtimoiy vaziyatlarni bashoratlash, vizualizatsiyalash, abstraktlashtirish ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi talabalarida shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashga oid bilimlarni shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalari talabalarida shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashga oid bilimlarni individual va kollegial yondashuv orqali shakllantirish jarayonining (aksiologik, kommunikativ va retrospektivlik) pedagogik jihatlari aniqlashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Fan va Texnologiyalar agentligi tomonidan taqdim etilgan OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” mavzusidagi loyiha doirasida 2017 yilda “Farg‘ona” nashriyoti tomonidan nashr etilgan “Shaxs va qadriyatlar dialektikasi” nomli monografiyaning “Shaxs ma’naviy hayotida qadriyatlarning o‘rni” nomli paragrafini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 sentyabrdagi 89-03-3446-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarida shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unligiga oid bilimlarni shakllantirish individual va kollegial yondashuv orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashga oid bilimlarni shakllantirish jarayoni determinantlarining korreksion – funksional integratsiyasi ierarxik tizim asosida takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son Qarori bilan tasdiqlangan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi” ijrosini ta’minlashga qaratilgan Nazorat rejasining “O‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim tizimi ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan yoshlar o‘rtasida ma’naviy tarbiyani amalga oshirish” nomli IV bo‘limining 12 (48) bandida belgilangan “Yoshlarning kelajakka ishonchi, mustaqil fikrlash va qaror qabul qilishni shaxsning ustivor xususiyati sifatida mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirishga qaratilgan treninglar ishlab chiqish hamda mahallalar va ta’lim muassasalarida joriy qilish” doirasidagi vazifalarning O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 29 sentyabrdagi 04-13/2389-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarda shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashga oid bilimlarni shakllantirish yo‘llari korreksion-funksional tizimi ierarxik tizim asosida takomillashtirilgan;
talabalarda shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashga oid bilim, ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi “jamiyat – shaxs – bilim – hayot – amaliyot” integratsiyasi tamoyilini tatbiq etish mexanizmlari VMIN (vazifa-manfaat-imkoniyat-natija) texnologiyasi orqali takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli Qaror dasturining “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari” nomli II bobining “Jamiyatda faol fuqarolik pozisiyasining shakllanishi holati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga ta’sirini o‘rganish maqsadida “Ijtimoiy rivojlanish va daxldorlik tuyg‘usi” mavzusida ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va natijalari asosida tahliliy materiallar tayyorlash” nomli 7-bandining ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2019-2020 yillardagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyat bo‘limi tadbirlar rejasining metodik asoslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 13 noyabrdagi 02/07-974-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda shaxs va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashga oid bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish integratsiyasi tamoyilini tatbiq etish mexanizmlari VMIN (vazifa-manfaat-imkoniyat-natija) orqali takomillashtirilgan;
“Dialektik yondashuv” va “Pragmatik fikrlash” ta’lim texnologiyalarini joriy etish mexanizmlari asosida talabalarga ijtimoiy munosabatlar mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvi va ularni yuzaga keltiruvchi sabablarni o‘rgatishning pedagogik modeli futurologik usul yordamida ijtimoiy vaziyatlarni bashoratlash, vizualizatsiyalash, abstraktlashtirish ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish orqali ishlab chiqishga oid takliflardan 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20170930223 - raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2019-2020 yillarga belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 89-03-4860-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda ijtimoiy munosabatlarning mohiyati, manfaatlar to‘qnashuvi va ularni yuzaga keltiruvchi sabablarni o‘rgatishning pedagogik modeli futurologik usul yordamida ijtimoiy vaziyatlarni bashoratlash, vizualizatsiyalash, abstraktlashtirish ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish orqali ishlab chiqishga xizmat qilgan.