Doniyorova Farangisbonu Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda autizmning klinik-nevrologik parallellari va prognostik xususiyatlari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib642. 
Ilmiy rahbar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01. 
Rasmiy opponentlar: Shomansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Chutko Leonid Semenovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot  instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: autik spektrning buzilishi bo‘lgan bolalarda prognostik mezonlarni ishlab chiqish va ular rivojlanishining xavf omillarini klinik-neyrofiziologik, sitogenetik va molekulyar-genetik tadqiqotlar asosida baholashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor autizm kasalligida MTRR geni rs1801394 polimorfizmining G alleli va A/G getero, G/G gomozigotli genotipining assotsiatsiyasi autizm rivojlanish xavfi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan; 
ilk bor MTRR geni rs1801394 polimorfizmining A alleli va A/A genotipining mavjud bo‘lishi autizm rivojlanishi xavfini kamaytirishi aniklangan; 
ilk bor autizm bilan xastalangan bolalardagi nevrologik sindromlar va autizm klinik manifestatsiyasining o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan; 
autizm bilan kasallangan bolalarda ruhiy-nutq buzilishlari, ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalari va verbal xulqni tashxislashda VB-MAPP baholash dasturining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda autizmning klinik-nevrologik parallellari va prognostik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda autizmning klinik-nevrologik parallellari va prognostik xususiyatlarini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda  autizmni davolashda applied behavior analysis (AVA)  davolash tartibini samaradorligi» nomli uslubiy tavsifnoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 oktyabrdagi 8n-d/257-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma davolash muddatini qisqartirish, kelib chikuvchi salbiy asoratlarni sonini kamaytirish va davolash samaradorligini yaxshilash imkonini bergan; 
bolalarda autizmning klinik-nevrologik parallellari va prognostik xususiyatlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 iyundagi 08–09/6312-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari davolash muddatini qisqartirish, remissiya davrini uzaytirish va autizmi bor bolalarni atrof-muhitga moslashishi imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish