Xamraeva Visola Shonazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab yoshidagi bolalarning eshitish qobiliyatini kompleks baholashda modernizatsiyalangan  nutq audiometriyasi», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib849.
Ilmiy rahbar: Xasanov Saidakrom Askarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01
Rasmiy opponentlar: Boboshko Mariya Yur`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Arifov Sayfutdin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot Universiteti. (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek nutqni spektral-chastota tahlili asosida  an’anaviy nutq audiometriya uslubini takomillashtirish va maktab yoshidagi bolalar uchun moslashtirilgan  nutq jadvalini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompyuterli spektrogrammada erkaklarda (80-100 gs), ayollarda (160-175gs) tovush chastotalari diapozoni tahlili asosida nutq audiometriyasi usuli uchun o‘zbek tilida nutq jadvali ishlab chiqilgan; 
o‘zbek tilida ishlab chiqilgan nutq jadvali yordamida maktab yoshidagi bolalarning eshitish faoliyatini yoshga bog‘liq me’yoriy ko‘rsatkichlari asosida  sensonevral, konduktiv va aralash eshitish pasayishida  ijtimoiy eshitish mezonlari va reabilitatsiya turlari asoslangan;
nutq audiometriya jarayonida  erkak va ayol nutqini birga qo‘llash bilan nutq chastotalar farqiga erishilishi isbotlangan;
nutq va tonal busag‘a audiometriya ko‘rsatkichlari turli shakldagi eshitish pasayishi bo‘lgan bolalarda eshitish faoliyatini ijtimoiy reabilitatsiyasi choralari takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktab yoshidagi bolalarning eshitish qobiliyatini kompleks baholashda modernizatsiyalashgan nutq audoimetriyasini samaradorligini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
eshitish faoliyatini baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda eshitish qobiliyatini baholashda o‘zbek tilidagi nutq audiometriyasining moslashtirilgan usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 martdagi 8n-d/114-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma eshitishni pasayishini erta tashxislash xamda reabilitatsiya usullarini tanlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
eshitishni pasayishi turli shakillarida ilmiy natijalar asosida eshitish faoliyatini tashxislash va reabilitatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Maktab yoshidagi bolalarda eshitish kobiliyatini susayishini tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 martdagi 8n-d/114-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma eshitishni turli shakldagi pasayishida  kompleks audiologik tekshirishga o‘zbek tilidagi nutq audiometriyani kiritish ijtimoiy ahamiyatli eshitish qobiliyatini baholash hamda eshitishni reabilitatsiya qilish bo‘yicha keyingi choralarni belgilash imkonini bergan;
maktab yoshidagi bolalarning eshitish qobiliyatini kompleks baholashda modernizatsiyalashgan nutq audoimetriyasini baholash natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Buxoro  va Samarqand viloyatlari ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonalarining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 apreldagi 8n-z/82-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bolalarda eshitish qobiliyati bo‘yicha nogironlikning kamayish, eshitish qobiliyatining ijtimoiy jihatdan yaroqli ekanini o‘z vaqtida baholash, bolaning yoshi, kasallik turi va darajasiga bog‘liq ravishda elektroakustik moslamalarini to‘g‘ri va sifatli tanlash hamda tibbiy-reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish orqali sarf-xarajatlarni 2,1 barobarga qisqartirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish