Alieva Guloy Kamilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «3d-metallarning benzotriazol hosilalari bilan kompleks birikmalari sintezi va tadqiqoti», 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/K229.
Ilmiy rahbar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Rafiqov Adham Solievich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimova Mavluda Ro‘zmetovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Co(II), Ni(II), Cu(II) va Zn tuzlarining 1,2,3-benzotriazol va monoetanolamin bilan bir turli va aralash ligandli kompleks birikmalarini sintezi, tarkibi, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Co(II), Ni(II), Cu(II) va Zn tuzlarining 1,2,3-benzotriazol va uning hosilalari bilan 40 ta yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;
IQ-, YaMR-, DQES, RFA, RSA, mass-spektrometriya, energiya-dispersion analizlar, zamonaviy kvant-kimyoviy hisoblash natijalari asosida yangi sintez qilingan kompleks birikmalarning individualligi hamda geterohalkali ligandlarning 3d-metallar bilan koordinatsiyaga uchrashi qonuniyatlari aniqlangan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida ligandlar va ular asosida sintez qilingan kompleks birikmalarining geometrik va energetik parametrlari, atom zaryadlarining taqsimoti va reaksion qobiliyati aniklangan;
1,2,3-benzotriazol, 1-atsetil-1,2,3-benzotriazol, 2-(1H-benzotriazol-1-il)sirka kislota va 2-(2H-benzotriazol-2-il) sirka kislotasini oraliq metallar bilan komplekslarida metall ionini koordinatsiyalanishuvi azotli getrohalqali ligand tabiatiga bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor 2-(1H-benzotriazol-1-il)sirka kislotasini monoetanolamin bilan Cu(II)ning aralash ligandli kompleksning monokristallari o‘stirilib, rentgenstrukturaviy analiz yordamida fazoviy tuzilishi aniqlangan;
2-(1H-benzotriazol-1-il)sirka kislotasi MEA ishtirok etgan muhitda, metall kationi bilan koordinatsion bog‘ hosil qilmasdan, geterohalqali ligand bilan tuz hosil qilishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
1,2,3-Benzotriazol va uning hosilalarining 3d-metallar bilan komplekslari sintezi, tuzilishi va biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
L4 va [Cu(L3)2(MEA)2] tarkibli kompleks birikmalarning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.crystallography.net), 2-(2H-benzotriazol-2-il)sirka kislota uchun 907378 CCDC va [Cu(L3)2(MEA)2] CCDC depozit raqami 1891272). Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalar o‘xshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini tavsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
1-atsetil-1,2,3-benzotriazol va uning metallokomplekslari “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ ning amaliyotga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJning 2021 yil 28 apreldagi 698/SK-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall konstruksiyasi va qurilmalarida korroziya jarayoniga qarshi ingibitor sifatida 82-85% qo‘llash imkonini bergan;
sintez qilingan kompleks birikmalardan F7-T048 raqamli «Yangi supramolekulyar materiallar olish maqsadida ba’zi biologik faol quyi molekulyar organik moddalarning universal klatratogenlar va mikroelementlar bilan kompleks hosil qilishini, hamda ularning membranaga nisbatan faolligini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihada metallo-kompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 2019 yil 26 iyuldagi 4-1255-2068-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi kompleks birikmalarni olish va fazoviy tuzilishi hamda xossalarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish