Xodjaev Sobir Djumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyat modernizatsiyalashuvi sharoitida tadbirkorlar qatlamiining shakllanish dinamikasi», 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Sots27. 
Ilmiy rahbar: Kalanov Komil Kulaxmatovich, sotsiologiya fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020. Ped/S.127.01. 
Rasmiy opponentlar: Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlar doktori, professor; Berdiev Bobir Raxmatovich, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tadbirkorlar qatlamini shakllanish dinamikasi va institutsional jihatlarini sotsiologik tahlil qilish orqali uning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlar qatlamining real ijtimoiy mavqeini mustahkamlashda sotsial mobillik, differensiatsiya, segregatsiya, stereotip, stigma kabi xususiyatlari sotsial masofa orqali ochib berilgan;
tadbirkorlik klasterlarini tashkil etilishi tadbirkorlar qatlamini shakllanishining sotsial dinamikasi sifatida (tadbirkorlikni shakllanishi, tarkibiy o‘zgarishi va rivojlanish qonuniyatlari) asoslangan;
ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlarning ta’siri ostida tadbirkorlar qatlamining ijtimoiy ko‘mak ishlarga tayyorligi, jamiyatda  ularning mavqeini hurmat qilish pozisiyasi ustuvorligi, tafakkurida jamoaviy shakldagi urf-odat va an’analarning muhim o‘rin tutishi  asoslangan;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda tadbirkorlikning an’anaviy shakllari (kasanachilik, hunarmandlik, fermerlik va boshqa) bilan bir qatorda yangi zamonaviy shakllarini qo‘llab-quvvatlashning institutsional asoslarini   mustahkamlash bo‘yicha tadqiqot dasturi ishlab chiqilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Jamiyat modernizatsiyalashuvi sharoitida tadbirkorlar qatlamining shakllanish dinamikasi  bo‘yicha olingan  ilmiy natijalari asosida: 
tadbirkorlar qatlamining real ijtimoiy mavqeini mustahkamlashda sotsial mobillik, differensiatsiya, segregatsiya, stereotip, stigma kabi xususiyatlari sotsial masofa orqali ochib berilganligiga  oid taklifidan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining “Yoshlar orasida tadbirkorlik muhiti va uning muammolari” mavzusidagi (2019-2019 yillarga mo‘ljallangan) ilmiy-innovatsion amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 28 yanvardagi 2-11-23-191-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy hodisalarni o‘rganish va sotsiologik tadqiqotlar natijadorligini ta’minlash metodologiyasi va mexanizmlari takomillashtirilgan;
tadbirkorlik klasterlarini tashkil etilishi tadbirkorlar qatlamini shakllanishining sotsial dinamikasi sifatida (tadbirkorlikni shakllanishi, tarkibiy o‘zgarishi va rivojlanish qonuniyatlari) asoslanganligiga oid taklifidan «Har bir oila - tadbirkor», «Oilaviy tadbirkorlikdan kuchli oilaga»  drayverlari asosida O‘zLiDeP partiya fraksiyasi tomonidan 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasiga kiritilgan «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqishda, xususan mazkur qonun loyihasining 2-bob, 11-modda, 3-band, 4-xat boshidagi Innovatsion rivojlantirish strategiyalarining loyihalari vakolatli davlat organi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ilmiy tashkilotlarning, tadbirkorlik sub’ektlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va ekspertlarning takliflari asosida ishlab chiqiladi degan matnni hamda 3-bob, 15-modda, 7-bandi - innovatsion faoliyatga investisiya qilishni amalga oshiruvchi investorlar va tadbirkorlik sub’ektlari matnini shakllantirishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasning  2020 yil 29 iyundagi 01-27/295-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlik faoliyatini qonunchilik tomonidan muhofaza qilinishiga oid bandlar mazmuni takomillashtirilgan, «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga taklif va tavsiyalarni kiritishga erishilgan.
ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlarning ta’siri ostida tadbirkorlar qatlamining ijtimoiy ko‘mak ishlarga tayyorligi, jamiyatda  ularning mavqeini hurmat qilish pozisiyasi ustuvorligi, tafakkurida jamoaviy shakldagi urf-odat va an’analarning muhim o‘rin tutishi  asoslanganligiga oid taklifidan «Homiylik mablag‘larini yo‘naltirish markazlari faoliyatini unumli va tezkor tashkil qilish»da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2021 yil 23 yanvardagi 02-09/161-son  ma’lumotnomasi). Natijada, koronovirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga etkaziladigan hayriya va xomiylik yordamini ilmiy asoslangan tarzda tashkil qilinishiga erishilgan hamda davlat va nodavlat tizimlari faoliyatini muvofiqlashgan tarzda tashkil qilinishiga erishilgan;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda tadbirkorlikning an’anaviy shakllari (kasanachilik, hunarmandlik, fermerlik va boshqa) bilan bir qatorda yangi zamonaviy shakllarini qo‘llab-quvvatlashning institusional asoslarini mustahkamlash bo‘yicha tadqiqot dasturidan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2019 yilda «O‘zbekistonning ishbilarmonlik muhiti tadbirkorlar nigohida» mavzusida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar so‘rov varaqasidagi «V» blokida 4 ta, «S» blokida 6 ta savollarini tuzishda,  shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 fevraldagi PF-5667-son «Sotsiologik tadqiqotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi Farmonining 2 bandining 3-xatboshidagi, 4-xatboshidagi mantlarini shakllantirishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2021 yil 29 yanvardagi 01-16/35-2-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatda qabul qilinayotgan davlat xujjatlarining tadbirkorlikka oid real amaliyotdagi ahvol bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga, qonun matnlarining jamoatchilik fikri va qarashlarini ifoda etishiga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish