Batirova Nilufar Sherkulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida mintaqa sanoati rivojlanishining yo‘nalishlari (Toshkent viloyati misolida)», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt846.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ravshan Vaxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Sharofiddin Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduvosiqov Abduaziz Abdulazizovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi sharoitida mintaqa sanoatining barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa sanoati salohiyatini kompleks baholash uslubiyoti uni tashkil etuvchi guruh indekslari tarkibiga qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni kiritib, ularning sanoat rivojlanishiga ta’siri darajasidan kelib chiqqan holda vazn berish orqali umumiy hududiy integral indeksni shakllantirish va uning mezonlarini ekstremalga nisbatan “juda yaxshi”, “yaxshi”, “o‘rtacha, “o‘rtachadan past” va “yomon” darajalar bo‘yicha belgilash asosida takomillashtirilgan;
Toshkent viloyatining intensiv rivojlanishini ta’minlash tizimi turli xil shaklda yig‘ilgan hududiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, mintaqa sanoatining rivojlanish ustunliklari va yo‘nalishlarini aniqlash, sanoatni klasterlash faoliyatini miqdor va sifat jihatdan baholash, sanoat rivojlanishini innovatsion taraqqiyot yo‘liga o‘tkazishdan iborat beshta bosqichli, yaxlit tizimlashtirilgan modelni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
mintaqada innovatsion vaucherlarni qo‘llash, daromadni kapitallashtirish va foydani reinvestisiyalashga imtiyozlar tadbiq etish orqali innovatsiyalarni rag‘batlantirish, forsayt markazlari, korporativ universitetlar va texnologiyalar transferi markazlari kabi innovatsion tuzilmalarni shakllantirishga asoslangan sanoat majmuasini rivojlantirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
innovatsion texnologiyalarning mintaqa iqtisodiyotiga joriy etilishi bilan bandlikni ta’minlash omillari o‘rtasida zanjirni muvofiqlashtirish orqali 2030 yilgacha Toshkent viloyati sanoat ishlab  chiqarishini rivojlantirishning uch xil ssenariy bo‘yicha ko‘p omilli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan hamda yalpi hududiy mahsulot o‘sishiga investision va innovatsion texnologik xarajatlarning ta’siri yuqori ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida mintaqa sanoati rivojlanishining yo‘nalishlari  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mintaqa sanoati salohiyatini kompleks baholash uslubiyoti uni tashkil etuvchi guruh indekslari tarkibiga qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni kiritib, ularning sanoat rivojlanishiga ta’siri darajasidan kelib chiqqan holda vazn berish orqali umumiy hududiy integral indeksni shakllantirish va uning mezonlarini ekstremalga nisbatan “juda yaxshi”, “yaxshi”, “o‘rtacha, “o‘rtachadan past” va “yomon” darajalar bo‘yicha belgilash asosida takomillashtirishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Hududlarni baholashning reyting tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi va uning ilovalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 1 maydagi 03-10-04492-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 3 iyundagi 02/10-03-10/10-2288-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida mamlakatimizning sanoat rivojlanishi nisbatan past bo‘lgan tumanlarini aniqlash hamda ularda innovatsion salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
Toshkent viloyatining intensiv rivojlanishini ta’minlash tizimi turli xil shaklda yig‘ilgan hududiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, mintaqa sanoatining rivojlanish ustunliklari va yo‘nalishlarini aniqlash, sanoatni klasterlash faoliyatini miqdor va sifat jihatdan baholash, sanoat rivojlanishini innovatsion taraqqiyot yo‘liga o‘tkazishdan iborat beshta bosqichli, yaxlit tizimlashtirilgan modelni ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 avgustdagi 634-sonli «Toshkent viloyati kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ilovalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 1 maydagi 03-10-04492-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida viloyatda kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilgan, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratilgan;
mintaqada innovatsion vaucherlarni qo‘llash, daromadni kapitallashtirish va foydani reinvestisiyalashga imtiyozlar tadbiq etish orqali innovatsiyalarni rag‘batlantirish, forsayt markazlari, korporativ universitetlar va texnologiyalar transferi markazlari kabi innovatsion tuzilmalarni shakllantirishga asoslangan sanoat majmuasini rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 sentyabrdagi 802-sonli «2019-2022 yillarda Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 1 maydagi 03-10-04492-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 1 fevraldagi 08/01-09-32/33-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida viloyatning sanoat salohiyati oshishi va innovatsion salohiyatdan samarali foydalanish hisobiga, 2019 yilda innovatsion mahsulotlar hissasining 2018 yilga nisbatan 111,7 foiz oshishiga erishilgan;
innovatsion texnologiyalarning mintaqa iqtisodiyotiga joriy etilishi bilan bandlikni ta’minlash omillari o‘rtasida zanjirni muvofiqlashtirish orqali 2030 yilgacha Toshkent viloyati sanoat ishlab  chiqarishini rivojlantirishning uch xil ssenariy bo‘yicha ishlab chiqilgan ko‘p omilli prognoz parametrlaridan 2030 yilgacha mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish konsepsiyasining «hududiy rivojlanish» qismini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 3 iyundagi 02/10-03-10/10-2288-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlar sanoatini kompleks rivojlantirishdagi ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiqishga erishildi hamda ularning amalga oshirilishi hududiy sanoatni rivojlantirish strategiyasining yaratilishi va qo‘shimcha loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatning jadallashuviga olib keladi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish