Saidova Marhabo Xabibullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda biznesni rivojlanish jarayonlarini statistik tahlil qilish usullarini takomillashtirish», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt.573.
Ilmiy rahbar: Xabibullaev Ibrohim Xabibullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rashitova Nilufar Xotamboevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi biznesni rivojlanish jarayonlarini statistik tahlil qilish usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mikrofirma va kichik korxonalar faoliyati to‘g‘risidagi statistik 4-KB shakl tarkibida biznec cub’ektlapining o‘tgan va jopiy davrdagi holati, yaqin uch oydagi istiqboli va biznecga bo‘lgan ishonch muhitini umumiqticodiy sharoitdan kelib chiqqan holda «qulay», «qoniqapli» va «qoniqapciz» mezonlar asosida baholash asoslangan;
makro, mikro va hududiy darajada biznesning rivojlanish holati, tendensiyasi va istiqbolini statistik baholashga yondashuvni ishlab chiqarish hajmi bilan bir qatorda tushumlar asosidagi yondashuv negizida baholashning (makro miqyosda biznesdan tushumlar; sohada biznesdan tushum-lar; hududda biznesdan tushumlar) maqsadga muovofiqligi asoslangan;
biznes rivojiga, ayniqsa nostandart iqtisodiy sharoitlarda ta’sir etuvchi omillarni baholashning statistik aniqlik darajasini oshirishda ekspert baholash usuli jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy-huquqiy va iqtisodiy-ijtimoiy omillar bilan bir qatorda siyosiy va ahloqiy omillarni ekspert baholash, va ekspertlar xulosalarini ekonmetrik–satistik umumbaholash asosida takomillashtirilgan;
biznesning, jumladan qishloq, o‘pmon va baliq xo‘jaligidagi (X1)), canoatdagi (X2), qupilishdagi (X3) va savdodagi (X4) soha va yalpi ichki mahsulotdagi hajmini normal taqsimoot va optimal qiymatlapi kabi omillarning aniqlik darajasi yuqoriligi sharoitida 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda biznesning rivojlanish jarayonlarini statistik tahlil qilish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mikrofirma va kichik korxonalar faoliyati to‘g‘risidagi statistik 4-KB shakl tarkibida biznec cub’ektlapining o‘tgan va jopiy davrdagi holati, yaqin uch oydagi istiqboli va biznecga bo‘lgan ishonch muhitini umumiqticodiy sharoitdan kelib chiqqan holda «qulay», «qoniqapli» va «qoniqapciz» mezonlar asosida statitik baholash asosalnganbo‘yicha taklif asosida O‘zbekicton Pecpublikaci Davlat ctatictika qo‘mitacining 2020 yil 17 noyabpdagi 40-con qapopining 27-ilovacidagi mikpofipma va kichik kop-xonalar tanlanma kuzatuvini o‘tkazish cavolnomaci takomillashtipilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 25 martdagi 01/2-7-16/2-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan amaliyotda foydalanish biznesning rivojlanish istiqbollarini baholash orqali kichik korxona va mikrofir-malarda biznesning rivojlanish holatini baholash hamda nazorat qilish, shuningdek, biznes sub’ektlarining o‘z faoliyatini yanada rivojlantirishda ishonch muhitini yaratib, kutilayotgan samaradorlikka erishish bo‘yicha kelgusi strategik rejalar ishlab chiqish imkonini bergan;
makro, mikro va hududiy darajada biznesning rivojlanish holati, tendensiyasi va istiqbolini statistik baholashga yondashuvni ishlab chiqarish hajmi bilan bir qatorda tushumlar asosidagi yondashuv negizida baholash bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan statistik ko‘rsatkichlarni takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 01/2-04-18/2-242-son ma’lumotnomasi). Natijada biznes sohasiga oid statistik axborotlar bazasi takomillashtirishga va satatistik baholash natijalarining aniqlak darajasini osharishga erishilgan;
biznes rivojiga, ayniqsa nostandart iqtisodiy sharoitlarda ta’sir etuvchi omillarni baholashning statistik aniqlik darajasini oshirishda ekspert baholash usuli jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy-huquqiy va iqtisodiy-ijtimoiy omillar bilan bir qatorda siyosiy va ahloqiy omillarni ekspert baholash, va ekspertlar xulosalarini ekonmetrik–satistik umumbaholash bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan biznes sub’ektlari faoliyati bo‘yicha statistik-tahliliy materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 25 martdagi 01/2-7-16/2-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning jopiy etilishi natijacida biznes sub’ektlari faoliyatini baholash va rivojlanish ko‘rsatkichlarining statistik tahlilini amalga oshirishda natijalar aniqligiga erishilgan, jarayonini 15 % ga qisqartirishga erishilgan;
biznesning, jumladan qishloq, o‘pmon va baliq ho‘jaligidagi (X1)), canoatdagi (X2), qupilishdagi (X3) va savdodagi (X4) soha va yallpi ichki mahsulotdagi hajmi prognoz ssenariylaridan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2021-2026 yillarda biznesni rivojlantirish yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 20 oktyabrdagi 01/2-04-18/2-242-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida biznesning YaIM tarkibidagi hajmi rivojlanish holatining prognoz variantlari bo‘yicha 2021-2026 yillardagi qiymatlari aniqlashtirilib, maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari-ning aniqlik darajasini oshirishga xizmat qilgan.