Amanturdiev Ikrom G‘ulomovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ekologo-geografik uzoq g‘o‘za duragaylarida biotik omillarga tolerantlikning genetik jihatlari va ayrim biokimyoviy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi», 03.00.09 – Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/V98.
Ilmiy maslahatchi: Boboev Sayfulla G‘afurovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01. 
Rasmiy opponentlar: Nabiev Saydig‘ani Muxtorovich, biologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Djamolxon Xodjaxonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Madartov Baxrom Kuvandikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekologik-geografik uzoq g‘o‘za duragaylari chigiti tarkibidagi ayrim biokimyoviy ko‘rsatkichlar hamda kasallik, zararkunandalarga bardoshlilikning irsiylanishi, shakllanishi va o‘zaro bog‘liqligini aniqlash asosida qimmatli-xo‘jalik belgilarning ijobiy majmuiga ega, biotik omillarga tolerant yangi boshlang‘ich manbalarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor generativ organlarida umumiy va (+)-gossipol miqdori kontrast bo‘lgan ekologo-geografik va genetik jihatdan uzoq g‘o‘za ashyolarini duragaylash asosida olingan yangi transgressiv duragaylarda qimmatli xo‘jalik belgilarning irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va shakllanish qonuniyatlari aniqlangan;
ekologo-geografik va genetik jihatdan uzoq nav-namunalar ishtirokida olingan turli avlod duragaylari chigiti tarkibidagi erkin aminokislotalar, moydorlik darajasi, gossipol miqdori va enantiomerlarining irsiylanishi aniqlangan;
ekologo-geografik va genetik jihatdan uzoq g‘o‘za duragaylarining laboratoriya va dala sharoitlarida Rh.solani, Th.basicola, X.malvacearum  patogenlariga tolerantlikning irsiylanishi va shakllanishi ilmiy asoslangan;
sun’iy, laboratoriya va tabiiy sharoitda g‘o‘za duragaylarining g‘o‘za tunlami (Helicoverpa armigera)ga bardoshliligining irsiylanish qonuniyatlari ochib berilgan;
ekologo-geografik uzoq F2-F3 va yuqori avlod duragaylarida ayrim biokimyoviy ko‘rsatkichlarning qimmatli-xo‘jalik belgilar bilan hamda biotik omillarga bardoshlilik darajasi o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasiyasi isbotlangan;
ayrim biotik omillarga tabiiy bardoshli, qimmatli-xo‘jalik belgilarning ijobiy majmuiga ega yangi boshlang‘ich ashyolar ajratib olingan hamda ishlab chiqarish talablariga mos, genetik jihatdan boyitilgan yangi o‘rta tolali g‘o‘za navlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ekologo-geografik uzoq g‘o‘za duragaylarida biotik omillarga tolerantlikning genetik jihatlari va ayrim biokimyoviy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekologo-geografik va genetik uzoq duragay-kombinatsiyalarning F6-F8 bo‘g‘inlaridan ajratib olingan  ayrim biotik (gommoz, vertisillyoz vilt, g‘o‘za tunlami, o‘rgimchakkana) omillarga tabiiy bardoshli, chigitida nisbatan zararsiz (+)-gossipol miqdori yuqori, hosildor, tola sifati yuqori bo‘lgan T-571/80, T-772, AIG-1, AIG-2 va T-7334 tizmalari O‘zMUning noyob ob’ekti bo‘lgan “G.hirsutum L. g‘o‘za turi genetik va sitogenetik kolleksiyasi”ga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4298-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi o‘rta tolali ushbu tizmalar g‘o‘za genetik kolleksiyasi xilma-xilligini boyitish imkonini bergan;  
yangi “S-7333” va “S-7307” g‘o‘za navlari Toshkent viloyati Bekobod tumanida 9,3 gektar maydonga hamda Piskent va Bo‘ka tumanlarida esa 6,0 gektar ekin maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 02/020-4509-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navlarda Bekobod tumanida hosildorlik 3,2-4,7 s/ga yuqori bo‘lishi, 2,5-4,0 % yuqori tola olinishi hisobiga rentabellik darajasini 30,0-35,0 foizga oshirish hamda Piskent, Bo‘ka tumanlarida hosildorligi 4,1-5,6 s/ga yuqori bo‘lishi, 2,9-3,8 % yuqori tola olinishi hisobiga rentabellik darajasini 29,0-34,0 foizga oshirish imkonini bergan;  
chigitida zararsiz (+)-gossipol miqdori va tola chiqimi nisbatan yuqori, g‘o‘za kasalliklariga bardoshli S-7333, S-7307, Raqobat navlari g‘o‘za navlarining superelita urug‘lari Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining g‘o‘za genofondiga hamda O‘zbekiston milliy universitetining “G.hirsutum L. g‘o‘za turi genetik va sitogenetik kolleksiyasi”ga  kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 28 dekabrdagi 02/020-4509-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud g‘o‘za kolleksiyasi va genofondi tezpisharligi, hosildorligi, tolasining yuqori sifati hamda ayrim biotik omillarga bardoshliligi bo‘yicha ajralib turuvchi yangi donorlar va genotiplar bilan boyitish imkonini bergan;  
“S-7333” g‘o‘za naviga Intellektual mulk agentligining patenti (NAP 00249 2019 yil) olingan va ushbu nav 15,6 gektar ekin maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 3 fevraldagi 01-11/277-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yangi g‘o‘za navi rayonlashgan o‘rta tolali navlarga nisbatan ayrim qimmatli-xo‘jalik belgilari, gommoz kasalligi va o‘rgimchakkanaga bardoshliligi bo‘yicha ustunligini namoyon etgan hamda yuqori paxta hosili olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish