Rashidova Ra’no Kayimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ): «Aydarkul bazal`ti asosida issiqlikdan saqlovchi materiallar tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T983.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Abdiraxim Axmedovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03.
Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori; Iskenderov Axmet Maksetbaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aydarkul bazal`ti, Qarnab kaolini va shu kaolin asosida sintez qilingan shamot xomashyolaridan issiqlik saqlovchi materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Aydarkul koni bazal`ti va Qarnab koni kaolinining kimyoviy va mineralogik tarkiblari aniqlangan va ushbu mahalliy xomashyolardan import o‘rnini bosuvchi FISMlar olish imkoniyatlari mavjudligi ishlab chiqilgan;
Qarnab koni kaolinidan shamot sintez qilish mumkinligi hamda olingan shamotning fizik-mexanik va issiqlik bardoshlilik xossalari asoslangan;
yaratilgan yangi avlod «bazal`t:kaolin:shamot» tizimidagi komponentlarining optimal tarkibi 50:30:20 nisbatdaligi va FISMni hosil qilishdagi optimal harorati 1415 0S ligi aniqlangan;
«quruq qayta ishlash» usuli bilan FISM olishning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan FISMning fizik-mexanik va termotexnik ko‘rsatkichlari hamda namunalarning issiqliqdan kamayishi va issiqlik o‘tkazuvchanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aydarkul bazal`ti asosida issiqlik saqlovchi materiallar tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
futerovkali issiqlik saqlovchi materiallar Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 23 noyabrdagi 02-06-07/11643-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizga import bo‘lib kirayotgan ushbu turdagi mahsulotlarni arzon tannarxli mahalliy FISMlarga almashtirish imkonini bergan;
bazal`t asosida issiqlik saqlovchi materiallar texnologiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 23 noyabrdagi 02-06-07/11643-son ma’lumotnomasi). Natijada, futerovkali issiqlikdan saqlovchi materiallarni engil metallarni eritish pechlarining ichki devorilariga qoplash va ta’mirlash davomiyligini 1,8 yildan 2,5 yilgacha uzayishtirish imkonini bergan.