Bobomuratova Sanobar Yunusovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft` yo‘ldosh gazlarini mahalliy xomashyolar asosida olingan katalizator ishtirokida aromatlash texnologiyasi», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2218.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurot Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Jumaev Qayum Karimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshknt kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` yo‘ldosh gazlarining katalitik o‘zgarishlarini tadqiq qilish hamda neft` yo‘ldosh gazlaridan aromatik uglevodorodlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolardan turli tarkibli YuKS katalizatorlari olingan va ularning tuzilishi, faol  markazlarining tabiati aniqlangan;
olingan turli tarkibdagi yuqori unumdorlik va selektivlikka ega bo‘lgan  YuKS katalizatorlarining katalitik faolligi neft` yo‘ldosh gazlarini katalitik aromatlash jarayonida katalizatorlarning tekstur va fizik-kimyoviy xarakteristikalari aniqlangan; 
neft` yo‘ldosh gazlarini katalitik aromatlash reaksiyasida turli tarkibda va turli usullarda olingan seolitli katalizatorlarning aromatlash reaksiyasining borish qonuniyatlari asosida katalitik tizimlarning maqbul tarkibi aniqlangan; ilk bor olingan (MoO3)x (ZnO)y (ZrO2)z (B2O3)k tarkibli katalizatorni qo‘llab neft` yo‘ldosh gazlari tarkibidagi uglevodorodlardan aromatik uglevodorodlar olishda harorat 550 0S da ArU unumi va selektivligi  mos ravishda 36,4% va 48,4% ekanligi, harorat 650 0S ga ko‘tarilganda esa ArU unumi 36,4% dan 49,9% gacha, selektivligi esa 48,4% dan 57,6% gacha  ortishi aniqlangan; 
tanlangan yuqori unumdorlik va selektivlikka ega bo‘lgan  (MoO3)x (ZnO)y (ZrO2)z (B2O3)k tarkibli katalizatorning stabilligi  yuqoriligi, ya’ni kokslanish darajasi pastligi aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida olingan YuKS li  katalizatorni qo‘llab,  neft` yo‘ldosh  gazlaridan aromatik uglevodorodlar olish jarayonining texnologiyasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neft` yo‘ldosh gazlarini katalitik aromatlab, aromatik uglevodorodlar olish uchun katalizatorlar ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
neft` yo‘ldosh gazlarini katalitik aromatlab, aromatik uglevodorodlar olish uchun mahalliy homashyolardan (MoO3)x (ZnO)y (ZrO2)z (B2O3)k tarkibli katalizator «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning 2021 yil 28 apreldagi 306/GK-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` yo‘ldosh gazlaridan yaratilgan katalizator ishtirokida aromatik uglevodorodlar olish va iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan; 
mahalliy xomashyolar asosida olingan (MoO3)x (ZnO)y (ZrO2)z (B2O3)k tarkibli katalizator «Navoiyazot» AJda import o‘rnini bosuvchi katalizator sifatida qo‘llanilgan («Navoiyazot» AJning 2020 yil 24 avgustdagi 15890-son ma’lumotnomasi). Natijada, import qilinayotgan aromatik uglevodorodlar o‘rniga yaratilgan katalizator ishtirokida neft` yo‘ldosh gazlaridan aromatik uglevodorodlar olish imkoningi bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish