Tursunova Nargiza Samaritdinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolardan olingan katalizator ishtirokida metanni oksikondensatlash jarayonining ilmiy-texnologik asoslarini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T1911.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurot Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Ikromov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Ataullaev Sherzod Nabiullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolardan olingan katalizatorlar ishtirokida metanni oksikondensatlash jarayonining ilmiy-texnologik asoslarini ishlab chiqish va katalizator tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida yuqori faolligi, termik barqarorligi, unumdorligi, selektivligi va kokslanishga bardoshliligi bilan xarakterlanadigan yangi tarkibli marganes va molibden saqlovchi katalizator olingan va maqbul tarkibi tanlangan;
ilk bor (Mn2O3)x∙(Na2MoO4)y∙(ZrO2)z tarkibli katalizatorning tuzilishi va tarkibi fizik-kimyoviy usullarda tekshirilgan hamda katalizatorlar tuzilishi bilan uning katalitik faolligi orasidagi bog‘liqligi aniqlangan;
davriy rejimda molibden va marganes saqlovchi (Mn2O3)x∙(Na2MoO4)y∙(ZrO2)z tarkibli katalizatorda metanni katalitik oksikondensatlash reaksiyasining kinetik qonuniyatlari aniqlangan;
tanlangan (Mn2O3)x∙(Na2MoO4)y∙(ZrO2)z tarkibli katalizator ishtirokida jarayonlarning kinetikasini tadqiq etish asosida reaksiyaning kinetik modellari tanlangan va borish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
ilk bor (Mn2O3)x∙(Na2MoO4)y∙(ZrO2)z tarkibli katalizatorni sanoatda olish texnologiyasi yaratilgan;
metandan etilen olish jarayoni maqbullashtirilgan va ikkinchi tartibli kvadratik model taklif etilgan hamda jarayonning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolardan olingan katalizator ishtirokida metanni oksikondensatlash jarayonining ilmiy-texnologik asoslari ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metanni katalitik oksikondensatlab etilen sintezi uchun tanlangan (Mn2O3)x∙(Na2MoO4)y∙(ZrO2)z tarkibli katalizator «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJning 2020 yil 15 iyuldagi 929/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan (Mn2O3)x∙(Na2MoO4)y∙(ZrO2)z tarkibli katalizator import o‘rnini bosuvchi katalizator sifatida qo‘llash imkonini bergan;
metanni katalitik oksikondensatlab etilen sintezi uchun tanlangan (Mn2O3)x∙(Na2MoO4)y∙(ZrO2)z tarkibli katalizator «NAVOIYAZOT” AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («NAVOIYAZOT» AJning 2020 yil 21 avgustdagi 15858-son ma’lumotnomasi). Natijada (Mn2O3)x∙(Na2MoO4)y∙(ZrO2)z tarkibli katalizator ishlab chiqishning texnologik sxemasini va uning asosida pilot qurilmasini yaratish hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish