Abduxalilova Nilufar Sabirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ): «Kurkuma asosida biofaol qo‘shimcha va surtma dori texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Far44.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Shoxista Fexruzovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xodjaeva Iroda Axmatxodjaevna, farmatsevtika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uzun kurkuma (Curcuma longa L.) va sassiq kavrak (Ferula asse-foetida L.) asosida biologik faol qo‘shimcha va surtma dori texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zamonaviy sirkulyasion usulni qo‘llab, uzun kurkuma va sassiq kavrak asosida quruq ekstraktlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan ekstraktlar asosida «Kurmufer» biologik faol qo‘shimchasining hamda «Kurferit» surtmasining tarkibi tanlagan va maqbul texnologiyasi ishlab chiqilgan;
olingan quruq ekstraktlar va «Kurmufer» biologik faol qo‘shimchasi hamda «Kurferit» surtma tarkibidagi biologik faol moddalarning miqdori aniqlangan;
«Kurferit» surtmasining struktura-mexanik ko‘rsatkichlarini aniqlash natijasida u deformatsiya kuchlari ta’sir ettirilganidan so‘ng qayta tiklanish xususiyatiga ega tiksotrop tizim ekanligi hamda harorat oshishi ushbu ko‘rsatkichlarning kamayishiga olib kelishi isbotlangan;
uzun kurkuma (Curcuma longa L.) o‘simligidan olingan quruq ekstraktning yallig‘lanishga qarshi spesifik faolligi va bezararligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kurkuma asosida biofaol qo‘shimcha va surtma dori texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kurmufer» biologik faol qo‘shimcha uchun texnik shartlar (Ts 23937838-25:2018) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (TI 23937838-25:2018). Natijada, «Naturex» MChJ da uzun kurkuma va sassiq kavrakdan zamonaviy sirkulyasion usulda olingan quruq ekstraktlar asosida «Kurmufer» kapsulalarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Kurferit» surtmasi uchun tajriba sanoat reglamenti «PHARMACON LLC» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR-42 Uz-03873/22175941-2021). Natijada, yallig‘lanishga qarshi vosita uchun me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va ro‘yxatga olish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida uzun kurkuma (Curcuma longa L.) o‘simligidan olingan quruq ekstrakt va uning asosida olingan surtmaning spesifik farmakologik faolligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, yallig‘lanishga qarshi faollikka ega va toksik bo‘lmagan dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan.