Yuldasheva Nilufar Ibroximovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida badiiy-estetik kompetentlikni shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped253.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DS.03/30.01.2020.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxbor Saidaxrorovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Sulaymonov Asqarali Payg‘amovich, pedagogika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetengilikni shaklantirish texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy-estetik kompetentlik tuzilmasi badiiy-estetik bilim, malaka, ko‘nikma, ustanovka, badiiy-estetik yo‘nalish va motivatsiya, badiiy-estetik vositalarni egallash, badiiy-estetik holatlarni adekvat idrok etishni, o‘quvchilar bilan badiiy-estetik faoliyatni amalga oshirishga tayyorlikni ta’minlaydigan shaxsiy xususiyatlarni kasbiy identiklik bilan qayta aloqasini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini shakllantirishning psixologik-pedagogik va metodik xususiyatlari ta’lim-tarbiya jarayonini badiiy-estetiklik bilan uyg‘unlashtirish, badiiy-estetik faoliyat jarayonida funksional va tizimli qarorlar qabul qilish malakasini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan pedagogik refleksiya barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini shakllantirish modelinining natijaviy komponenti qadriyatli-mazmunli, gnoseologik, operatsion-faoliyatli, refleksiv-baholovchi mezonlarning adaptiv, situativ-reproduktiv va kreativ ko‘rsatkichlari validligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini shakllantirishning strategik va taktik texnologiyalari badiiy-estetik tarbiyani amalga oshirish mantig‘i bo‘yicha motivatsiya va maqsadni shakllantirishning uch bosqichli pedagogik algoritmining funksional dinamikasini hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari:
badiiy-estetik kompetentlik tuzilmasi badiiy-estetik bilim, malaka, ko‘nikma, ustanovka, badiiy-estetik yo‘nalish va motivatsiya, badiiy-estetik vositalarni egallash, badiiy-estetik holatlarni adekvat idrok etishni, o‘quvchilar bilan badiiy-estetik faoliyatni amalga oshirishga tayyorlikni ta’minlaydigan shaxsiy xususiyatlarni kasbiy identiklik bilan qayta aloqasini belgilash asosida aniqlashtirishga doir takliflardan 5110800 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 iyuldagi 89-06-711-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talablarini badiiy-estetik kompetensiyalar bilan boyitishga xizmat qilgan; 
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini shakllantirishning pedagogik-psixologik va metodik xususiyatlarini aniqlashtirish, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini shakllantirish modelinining natijaviy komponenti qadriyatli-mazmunli, gnoseologik, operatsion-faoliyatli, refleksiv-baholovchi mezonlarning adaptiv, situativ-reproduktiv va kreativ ko‘rsatkichlari validligini hisobga olish asosida takomillashtirishga doir takliflardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 iyuldagi 89-06-711-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni badiiy-estetik kompetentligini shakllantirishning diagnostik texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini shakllantirishning strategik va taktik texnologiyalarini badiiy-estetik tarbiyani amalga oshirish mantig‘i bo‘yicha motivatsiya va maqsadni shakllantirishning uch bosqichli pedagogik algoritmining funksional dinamikasini hisobga olish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan OT-F1-36 “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” (2017-2020 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 15 iyuldagi 89-06-711-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining badiiy-estetik kompetentligini shakllantirishning texnologik komponentlari mazmuni va tashkiliy-metodik asoslari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish