Tulyaev Avazbek Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virtual olamning axloqiy muammolari (falsafiy tahlil)», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (etika) (falsafa fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal157.
Ilmiy rahbar: Muhamedjanova Lalixon Ashuralievna, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat Alievich, falsafa fanlar doktori, professor; G‘affarova Gulchehra G‘ulamjanovna, falsafa fanlar doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi virtual olamdagi axloqiy muammolarni tahlil etish hamda ularning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
virtual olam real borliqning raqamlashgan modeli ekanligi, uning inson ruhiyati, ong va tafakkuriga ta’sirining o‘zaro aloqadorik xususiyatlari falsafiy jihatdan asoslangan;
hozirgi davrda virtual olamning an’anaviy va zamonaviy ko‘rinishlari evolyusiyasining axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liqligi, internet, ijtimoiy tarmoqlar, virtual o‘yinlarning insonparvarlik ahloqiga zid zo‘ravonlik, egoizm, tajovuzkorlikka undash holatlari va uni oldini olish omillari falsafiy jihatdan ochib berilgan;
virtual olamning axloqiy muammolarini hal etishdagi imkoniyatlari, uni nazorat qilishning cheklanganligi, insonlarning ma’naviy-ruhiy olamiga ta’sir ko‘rsatish orqali manipulyasiya qilishdagi urinishlar, shuningdek, yoshlarni g‘oyaviy-axloqiy immunitetini mustahkamlash omillari ochib berilgan;
O‘zbekistonda yoshlar axloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi veb-saytlarni monitoring qiladigan, ularning zararli tomonlarini asoslaydigan hamda yuksak axloqiy fazilatlarni targ‘ib qiladigan maqsadli elektron platformalarni yaratish hamda takomillashtirish zarurati va ahamiyati falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Virtual olamdagi axloqiy muammolarga doir ishlab chiqilgan falsafiy-konseptual takliflar asosida:
virtual olam real borliqning raqamlashgan modeli ekanligi, uning inson ruhiyati, ong va tafakkuriga ta’sirining o‘zaro aloqadorlik xususiyatlariga doir ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaror dasturi III bobining «Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi noxolis axborotlarga qarshi aholi, ayniqsa yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va jamoatchilikda muayyan holatlar haqida xaqqoniy fikr shakllanishiga ko‘maklashish» nomli 12-bandi hamda VI bobining “Internet maydonida ichki va tashqi tahdidlarga samarali qarshi kurashishni ta’minlash maqsadida Markaz xodimlari va «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari uchun «Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari» mavzusida turkum hududiy va masofaviy o‘quvlar tashkil etish nomli 26-bandi ijrosini ta’minlashda dissertatsiya natijalaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 29 avgustdagi 02/07 - 737-son ma’lumotnomasi). Natijalar aholini virtual voqelik, virtual axborot, virtual olam, virtual axloq, virtual etika va virtual reallik borasidagi bilimlari boyishiga hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha profilaktika ishlari natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
hozirgi davrda virtual olamning an’anaviy va zamonaviy ko‘rinishlari evolyusiyasining axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liqligi, internet, ijtimoiy tarmoqlar, virtual uyinlarning insonparvalik axloqiga zid zo‘ravonlik, egoizm, tajovuzkorlikka undash holatlari va uni oldini olish omillariga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan amalga oshirilgan – «Yoshlar va qonun» nomli huquqiy tanlov konsepsiyasini hamda «Yoshlar – kelajak bunyodkori» shiori ostida «Uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizim samaradorligini oshirish: muammo va istiqbollari» kompleks chora-tadbirlar dasturi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 8 iyuldagi 04-13/2075-son ma’lumotnomasi). Natijalar «O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi» tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari orqali yoshlarda diniy mazmundagi virtual tahdidlar haqidagi mustaqil fikr-mulohazalarini shakllantirish, yoshlarning axborot iste’mol madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilgan;
virtual olamning axloqiy muammolarini hal etishdagi imkoniyatlari, uni nazorat qilishning cheklanganligi, insonlarning ma’naviy-ruhiy olamiga ta’sir ko‘rsatish orqali manipulyasiya qilishdagi urinishlar, shuningdek, yoshlarni g‘oyaviy-axloqiy immunitetini mustahkamlashga doir xulosalar, taklif-tavsiyalar va shu bilan bog‘liq ilmiy yangiliklardan 2020 yil noyabr` oyi davomida «Obod va xavfsiz mahalla» loyihasini samarali tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 2 dekabrdagi 02-09/1709-son ma’lumotnomasi). Natijalar aholi, xususan, mahallalar va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga, virtual axborotga nisbatan sog‘lom ijtimoiy fikr va to‘g‘ri munosabatning yanada yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
O‘zbekistonda yoshlar ahloqiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi veb-saytlarni monitoring qiladigan, ularning zararli tomonlarini asoslaydigan hamda yuksak axloqiy fazilatlarni targ‘ib qiladigan maqsadli elektron platformalarni yaratish hamda takomillashtirish bilan bog‘liq taklif-tavsiya va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyatining «Ta’lim va taraqqiyot», «Bolalar va biz», «Virtual dunyo» ko‘rsatuvlarini 2020 yil sentyabr` va oktyabr` oylaridagi sonlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2020 yil 10 dekabrdagi 04-25-24-son ma’lumotnomasi). Natijalar teletomoshanbinlar ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi va axborot madaniyatining yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish