Ibragimova Gulsanam Nematovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Discertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Ped92.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlashiga qo‘yiladigan kompetensiyaviy, refleksiv, akmeologik, kreativ, psixologik talablar majmuasi (pedagog-menejer, pedagogik ijodkorlik va shaxsiy muloqot) an’anaviy va innovatsion ta’limning qiyosiy tahlili va strategik adekvat mezonlar asosida taomillashtirilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislari kasbiy innovatsion faoliyat (tuzilmasi, bosqichlari, amaliyot va baholash)ga tayyorlashga xizmat qiluvchi jadallik, demokratik uslub, tashabbuskorlik va tadbirkorlik kabi kasbiy va shaxsiy omillar asoslangan;
bo‘lajak tarbiyachilarni innovatsion kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini kompleksiv qamrab oluvchi o‘yinli, sog‘lomlashtiruvchi, kooperativ ta’lim, axborot texnologiyalari, korreksion-rivojlantiruvchi ta’limiy texnologiyalarning imkoniyatlari (sub’ekt-sub’ekt qaytar aloqa, intellektual monitoring, tabaqalashtirilgan o‘qitish, yashirin iqtidorlar seleksiyasi) takomillashtirilgan; 
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi va kompetensiyaviy yondashuvi pedagogik amaliyot jarayonida mashg‘ulotlarni loyihalash, tashkil etishga oid kasbiy bilimlarni tashxislash hamda korreksiyalash asosida aniqlash mexanizmlari nazariya va amaliyot birligi tamoyiliga tayangan holda ishlab chiqilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim  mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini texnologiyalashtirish yo‘nalishlari (tanqidiy tahlil, individual yo‘l xarita, nostandart faoliyat va natijalarni tijoratlashtirish) kasbiy etuklik mezonlari (produktiv, evristik va kreativlik)ni belgilash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlashiga qo‘yiladigan kompetensiyaviy, refleksiv, akmeologik, kreativ, psixologik talablar majmuasi (pedagog-menejer, pedagogik ijodkorlik va shaxsiy muloqot) an’anaviy va innovatsion ta’limning qiyosiy tahlili va strategik adekvat mezonlari “Maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostika” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i, 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i bilan nashrga tavsiya qilingan). Natijada bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorlashning nazariy asoslari faoliyatli, akmeologik, kreativ yondashuvlariga tayanilgan  holda modernizatsiyalash imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislari kasbiy innovatsion faoliyat (tuzilmasi, bosqichlari, amaliyot va baholash)ga tayyorlashga  xizmat qiluvchi kasbiy va shaxsiy omillar (jadallik, demokratik uslub, tashabbuskorlik va tadbirkorlik) bo‘yicha olingan xulosalardan ta’lim jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 89-03-2913-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim tizimida bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini tanlash va tizimlashtirish asosida ularga qo‘yiladigan malaka talablari ishlab chiqilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarni innovatsion kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini kompleksiv qamrab oluvchi o‘yinli, sog‘lomlashtiruvchi, kooperativ ta’lim, axborot texnologiyalari, korreksion-rivojlantiruvchi ta’limiy texnologiyalarning imkoniyatlari (sub’ekt-sub’ekt qaytar aloqa, intellektual monitoring, tabaqalashtirilgan o‘qitish, yashirin iqtidorlar seleksiyasi)ga oid xulosalardan Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 16 fevraldagi 03-336-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayonini texnologiyalashtirish yo‘nalishlari kasbiy etuklik mezonlarini belgilash imkoniyati yaratilgan; 
bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi va kompetensiyaviy yondashuvi pedagogik amaliyot jarayonida mashg‘ulotlarni loyihalash, tashkil etishga oid kasbiy bilimlarni tashxislash hamda korreksiyalash asosida aniqlash mexanizmlari nazariya va amaliyot birligi tamoyiliga tayangan holda ishlab chiqilgan xulosalardan Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining  2021 yil 16 fevraldagi 03-336-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak tarbiyachilarning mashg‘ulotlarni loyihalash, tashkil etishga oid kasbiy bilimlarini tashxislash hamda korreksiyalash asosida aniqlash mexanizmlari nazariya va amaliyot birligi tamoyiliga tayangan holda ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish