Isakova Muxayo Srajidinovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XIX asr oxiri – XXI asr boshlarida O‘zbekistonda arxiv ishining shakllanishi va rivojlanishi», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tar10.

Ilmiy maslahatchi: Ziyaeva Dono Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc 27.06.2017.Tar.01.04.

Rasmiy opponetlar: Rasulov Abdulla Nasriddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Xasanov Baxtiyor Vaxapovich, tarix fanlari doktori; Xayitov Shodmon Axmadovich tarix fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: respublikada arxiv ishini tashkil etish va isloh qilish jarayonlari hamda zamonaviy arxiv tizimini takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollarini tadqiq etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

hujjatlarni saqlash bo‘yicha arxiv amaliyoti zamonaviy O‘zbekiston hududida saroy arxivlari ko‘rinishida ilk davlatchilik davrlaridan boshlab mavjud bo‘lganligi va an’anaviy tarzda o‘zgarib borganligi tarixiy dalillar bilan isbotlangan; 

sovet davrida arxiv ishini markazlashtirish siyosati oqibatida sobiq ittifoqdagi barcha respublikalar qatori O‘zbekistonda arxivlarning faoliyati qat’iy rejalar asosida cheklanganligi, hujjatlardan tadqiqot ishlarida foydalanish murakkablashib, siyosiy vazifalari kuchayib borganligi, natijada muhim ijtimoiy institut bo‘lgan arxivlarning nufuzi pasayib ketganligi aniqlangan;

mustaqil O‘zbekistonda arxiv ishi sohasidagi davlat siyosati, islohotlar mohiyati va ularning natijalari yoritib berilgan;

yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlarini bajarish, jumladan arxivlarda aholiga xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarini bajarishni o‘z vaqtida, sifatli tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni hal etishni takomillashtirish, xususan, mahalliy hokimliklar huzuridagi idoralararo xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari faoliyatini qayta tashkil etish zaruriyati siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liqlikda asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

XIX asr oxiri – XXI asr boshlarida O‘zbekistonda arxiv ishining shakllanishi va rivojlanishi tarixi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

O‘rta Osiyo davlatlarida hujjat yuritish va hujjatlarni saqlash an’analari, arxivlarni hujjatlar bilan jamlash evolyusiyasiga doir ilmiy xulosalar Martin Lyuter universitetining Sharqshunoslik instituti (Germaniya), O‘zR FA Tarix instituti hamda O‘zR MDA hamkorligida amalga oshirilgan FTK – 06/2011 «Arxivlar ovozi: O‘rta Osiyoning sovet davrigacha bo‘lgan ijtimoiy tarixidan ocherklar» mavzusidagi xalqaro ilmiy loyihada foydalanilgan («O‘zarxiv» agentligining 2016 yil 20 dekabrdagi 01-26/1229-son ma’lumotnomasi). Bu nafaqat mahalliy, balki xorijiy sharqshunos olimlarga O‘zbekiston tarixi bilan tanishish va tadqiqot usullarini boyitish, jahon gumanitar fanlari sohasida qo‘llanilayotgan yondashuv va ishlanmalarni joriy etish hamda respublika arxiv merosi to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib etish imkonini bergan;

zamonaviy arxivlarning tuzilishi, boshqaruv tizimi va respublika markaziy davlat arxivlarining ilmiy ma’lumotnoma apparatining o‘ziga xos jihatlarini ochib beruvchi ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish hamda Koreya Respublikasi hukumatining mablag‘larini jalb etgan holda ularni texnik modernizatsiyalashtirish to‘g‘risida»gi PQ-49-son qarori asosida «O‘zarxiv» agentligi va Koreya Respublikasi hamkorligida «Markaziy davlat arxivlarini axborotlashtirish» nomli xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalanilgan («O‘zarxiv» agentligining 2016 yil 20 dekabrdagi 01-26/1229-son ma’lumotnomasi). Bu maxsus «Arxiv hujjatlarini boshqarish tizimi» dasturini ishlab chiqishda uchta markaziy davlat arxivlarining hujjatlar bilan jamlanishining o‘ziga xos jihatlari va axborot ma’lumotlar bazasini shakllantirishdagi farqlarini yoritib berishga hissa qo‘shgan;

 olingan ilmiy xulosalar keng jamoatchilik orasida arxiv qonunchiligi islohotlarini asoslab berish va 2010 yil 15 iyunda qabul qilingan yangi O‘zbekiston Respublikasining «Arxiv ishi to‘g‘risida»gi Qonunining 3, 26 va 29-moddalari bilan belgilangan tartiblar hamda Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101-son «O‘zbekiston Respublikasi arxiv ishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom» loyihasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 22 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunning 24-moddasi bilan tasdiqlangan «Arxiv ishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish»ga oid javobgarlik me’yorlarini ishlab chiqishda qo‘llanilgan («O‘zarxiv» agentligining 2016 yil 20 dekabrdagi 01-26/1230-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar sohaga oid me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtiriga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish