Almardonov Otabek Qudratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya, V`etnam va Malayziya davlatlari bilan hamkorlik aloqalarida xalq diplomatiyasining o‘rni (1991-2017 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.3.PhD/Tar6.
Ilmiy rahbar: Murtazaeva Rahbarxon Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Mahkamova Nodira Rahmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Sayfullaev Durbek Bahtiyorovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2017 yillarda O‘zbekistonning Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya, V`etnam va Malayziya davlatlari bilan xalq diplomatiyasi aloqalarining shakllanish va rivojlanish yo‘nalishlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston xalq diplomatiyasining tarixi Bronza davridan 1991 yilga qadar tarixiy va ijtimoiy-madaniy asoslarda shakllanganligi hamda 1991 yildan me’yoriy huquqiy hujjatlar va zamonaviy tamoyillar asosida rivojlangan ikki davrda ro‘y berib, sohaning rivojlanish dinamikasi madaniyat va san’at, ilm-fan, ta’lim, turizm, sport kabi yo‘nalishlarda aks etganligi dalillangan;
O‘zbekistonning Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya, V`etnam va Malayziya davlatlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarining mustahkamlanishida ushbu davlatlardagi fuqarolik jamiyati institutlari (do‘stlik jamiyatlari, assotsiatsiyalar va boshqa NNT) vositasida madaniy, ilmiy, sog‘liqni saqlash, gumanitar hamkorlik ko‘rinishlardagi xalq diplomatiyasi faol amalga oshirilayotganligi ochib berilgan;
mustaqillik yillarida V`etnam va Malayziya bilan aloqalarida aksar hollarda davlat organlari ishtirokidagi oliy darajadagi hukumat vakillarining rasmiy aloqalari bois xalq diplomatiyasi aloqalari mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish darajasiga etib bormaganligi asoslangan;
xorijda respublikaning ijobiy imijini oshirish, O‘zbekiston tarixi, o‘zbek tili va madaniyatini keng targ‘ib qilishda xorijdagi vatandoshlar faoliyatiga umuminsoniy, plyuralizm, pragmatik kabi demokratik prinsiplar asosida yondashuv xalq diplomatiyasining rivojlanishiga samarali hissa qo‘shish barobarida birodarlashgan shaharlarning ko‘payishiga imkon yaratganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya, V`etnam va Malayziya davlatlari bilan hamkorlik aloqalarida halq diplomatiyasining o‘rniga oid ilmiy xulosa va takliflardan:
O‘zbekiston xalq diplomatiyasining tarixi Bronza davridan 1991 yilga qadar qadim tarixiy va ijtimoiy-madaniy asoslarda shakllanishi hamda 1991 yildan me’yoriy huquqiy hujjatlar va zamonaviy tamoyillar asosida rivojlangan ikki davrda ro‘y berib, sohaning rivojlanish dinamikasi madaniyat va san’at, ilm-fan, ta’lim, turizm, sport kabi yo‘nalishlarda aks etganligiga oid natijalardan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining faoliyatida tahliliy ma’lumotlar tayyorlashda, o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2020 yil 3 dekabrdagi 01-05-1493-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Qo‘mita faoliyatida madaniy tadbirlar o‘tkazilishida, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarda do‘stlik jamiyatlarining rolini yanada oshirish va aholi hayotidagi ishtirokini kuchaytirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya, V`etnam va Malayziya davlatlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarining mustahkamlanishida ushbu davlatlardagi fuqarolik jamiyati institutlari (do‘stlik jamiyatlari, assotsiatsiyalar va boshqa NNT) vositasida madaniy, ilmiy, sog‘liqni saqlash, gumanitar hamkorlik ko‘rinishlardagi xalq diplomatiyasi faol amalga oshirilayotganligiga oid natijalardan O‘zbekistondagi ShHTning Xalq diplomatiyasi markazining istiqbolli “yo‘l xaritasi”ni shakllantirishda va o‘tkazilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekistondagi ShHTning Xalq diplomatiyasi markazining 2020 yil 10 dekabrdagi 257/20-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasining Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya, V`etnam va Malayziya davlatlari bilan aloqalari xususida yangicha qarashlarni shakllantirishga imkon yaratgan;
xorijda respublikaning ijobiy imijini oshirish, O‘zbekiston tarixi, o‘zbek tili va madaniyatini keng targ‘ib qilishda xorijdagi vatandoshlar faoliyatiga umuminsoniy, plyuralizm, pragmatik kabi demokratik prinsiplar asosida yondashuv xalq diplomatiyasining rivojlanishiga samarali hissa qo‘shish barobarida birodarlashgan shaharlarning ko‘payishiga imkon yaratganligi bo‘yicha olingan xulosadan “O’zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston” teleradiokanali DUK qoshidagi “O’zbekiston tarixi” telekanalining 2020 yil 13 fevraldagi 02-40/359-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomashabinlardagi O‘zbekistonning Uzoq Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan xalq diplomatiyasi aloqalari tarixiga doir bilimlarini yanada oshirishga xizmat qilgan.