Xamidov Obid Abduraxmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizza bo‘g‘imi ichki strukturasi jarohatlari va asoratlarning ul`tratovush diagnostikasi», 14.00.19 - Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1218.
Ilmiy rahbar: Xodjibekov Marat Xudoykulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Fazilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi “N.N.Bloxin nomidagi onkologiya Milliy tibbiy tadqiqot markazi” FDBM (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizza bo‘g‘imi ichki strukturasi shikastlanishining mul`timodal nurli tashxisotini takomillashtirishda ul`tratovush tekshiruvining ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizza bo‘g‘imi ichki strukturalari shikastlanishi va ularning asoratlari sinovit, gemartroz va menisk kistalarining kompleks tadqiqotlari, ya’ni ul`tratovush tekshiruvi, rentgenografiya, magnit-rezonans tomografiya va artroskopiya tekshiruvi usullarining diagnostik ahamiyati asoslangan;
ul`tratovush tekshiruvining tizza bo‘g‘imi ichki strukturalarini nafaqat birlamchi shikastlanishida tashhisotiy samaradorlik ko‘rsatkichi, balkim ularning asoratlarida ham yuqori imkoniyatga egaligining o‘rni va ahamiyati isbotlangan;
ul`tratovush usuli bo‘g‘im ichki strukturalari jarohatlanishlarini aniqlashda nisbattan yuqori diagnostik samaradorligini hisobga olgan holda, menisk va xochsimon bog‘lamlarning jarohatlanishini aniqlash uchun asosiy tekshirish usuli bo‘lishi kerakligi, MRT usulidan har doim va hamma joyda foydalanishning imkoni yo‘qligi, faqatgina aniq ko‘rsatmalar asosida o‘tkazilishi lozimligi, ya’ni menisk jarohatlarini tekshirishda ul`tratovush belgilari gumonli bo‘lganida yoki xochsimon bog‘lamlar qisman yorilishi belgilari bo‘lishigina ushbu usulga ko‘rsatma bo‘la olishi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi shikastlanishlarining diagnostik algoritmi ishlab chiqildi va tizza bo‘g‘imi ichki strukturalari nur tashhisotiga yondashuv yanada takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizza bo‘g‘im ichki strukturasini jaroxatlari va asoratlarining ul`tratovush tashxisotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tizza bo‘g‘imi ichki strukturasining turli shikastlanishlar va turli sport tadbirlarida olingan jarohatlar natijasida tizza bo‘g‘imi menisk va bog‘lamlaridagi o‘zgarishlarini tashhislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Tizza bo‘g‘imi yumshoq to‘qimalari shikastlanishining ul`tratovush tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 26 noyabrdagi 8n–r/506-son ma’lumotnomasi). Natijada tizza bo‘g‘imi ichki strukturalari shikastlanishlarini samarali tashxislash orqali kasallikni erta davolash imkonini bergan;
tizza bo‘g‘im ichki strukturasi jarohatlari va asoratlarining ul`tratovush tashxistotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali, O‘zbekiston temir yo‘llari aksionerlik jamiyati Samarqand bekatidagi shifoxonasining klinik amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 26 noyabrdagi 8n–r/506-son ma’lumotnomasi).Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bog‘lam va menisklarning qo‘shma shikastlanishlari bilan xastalangan bemorlarni tashxislashda ul`tratovush tekshiruvining yuqori darajadagi imkoniyati hamda bog‘lamlar va menisk yoriqlarini vizuallashtirish uchun MR-mezonlarini izolyasiyalangan jarohatlar bilan guruhlarga ajratish, bog‘lam va menisklarning qo‘shma shikastlanishlari bilan xastalangan bemorlarni samarali davolashda yuqori jarrohlik faolligini hisobga olish hamda ushbu patologiyani tashxislashda ul`tratovush va MRTdan foydalanish zarurligi imkonini bergan.