Sulaymanov Dilshod Abduraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tuxumdon saratoni kasalligining assitik variantini davolashda gipertermik intraperitoneal kimyo perfuziyaning axamiyati», 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib937.
Ilmiy rahbar: Abdihakimov Abdulla Nusratullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Zaxirova Nargiza Ne’matovna tibbiyot fanlari doktori; Mamadalieva Yashnar Solievna tibbiyot fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuxumdon saratonining assitik turida gipertermik intraperitoneal kimyoperfuziyasini qo‘llash yo‘li bilan qo‘shma davo samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tuxum sartonida «yopiq» usulda o‘tkaziladigan gipertermik intraperitoneal kimyo perfuziya uchun moslama ishlab chiqilgan;
tuxumdon saratonining assitik variantida «yopiq» usulda gipertermik intraperitoneal kimyoperfuziya usulida sisplatin kimyoviy dori vositasining tuxumdon saratonidagi ijobiy natijasi baholangan;
tuxumdon saratoni qorin parda yuzasi bo‘ylab tarqalgan bemorlarni qo‘shma davolashda gipertermik intraperitoneal kimyoperfuziya «yopiq usuli»da fizik va sitotoksik xususiyatlar xisobiga, o‘smaning tarqalishini oldini olish va metastatik jarayonlarni kamaytirishi isbotlangan;
tuxumdon saratonining assitik turida gipertermik intraperitoneal kimyoperfuziyasining qorin bo‘shlig‘idagi issiqlik holatining ko‘tarilishi natijasida qorindagi residiv, o‘smalarning davomli o‘sishining kamayishi asoslangan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tuxumdon saratoni kasalligining assitik variantini davolashda gipertermik intraperitoneal kimyo perfuziyaning ahamiyatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tuxumdon saratoni kasalligining assitik variantini davolashda gipertermik intraperitoneal kimyo perfuziyaning ahamiyatini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan «Tuxumdon saratonining assitik shaklini gipertermik intraperitoneal kimyo perfuziyasi yordamida kombinirlangan davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 fevraldagi 8n-d/49-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tuxumdon saratoni kasalligining assitik variantini davolashda gipertermik intraperitoneal qorin bo‘shlig‘iga kimyo perfuziya natijasida bemorlarni davolashda xirurgik amaliyotning samaradorligini oshirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar asosida tuxumdon saratoni kasalligining assitik variantini davolashda gipertermik intraperitoneal kimyo perfuziyaning ahamiyatini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazining Namangan va Qo‘qon shahar filiallari faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 fevraldagi 8n-d/34-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy qilinishi gipertermik intraperitoneal kimyo perfuziyasida radikal, sitoreduktiv hajmdagi jarroxlik amaliyotidan keyin intraperitoneal residiv va davomli o‘sishlarni oldini olish, yashash darajasini uzaytirish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish