Cavkin Aleksandr Vladimrovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Tos suyaklari o‘smalarini mul`timodal tashxislash va jarrohlik usuli bilan davolash », 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PHD/Tib936.
Ilmiy rahbar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Musaev El`mar Rasimovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedaminov Shuxrat Karimdjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: P.A. Gersen nomidagi Moskva ilmiy tadqiqot onkologiya instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tashxislashni jarrohlik amaliyotidan oldingi rejalashtirishni yaxshilash, shuningdek davolash taktikasini tanlab olishga shaxsiylashtirilgan yondoshuv yo‘li bilan tos suyagi saratoni bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tos suyaklari sarkomasini davolashda eng yaxshi funksional natijalar emotsional sohani hisobga olmagan holda olib borilgan III va IV tur rezeksiyalarida olinib, bunda son bo‘g‘ini sohasidagi aralashuvlar eng yomon ko‘rsatkichlar bilan tavsiflangan;
tos suyaklari sarkomasini davolashda onkologik radikalizm mezonlariga rioya etilganida organni saqlab qoluvchi jarrohlik amaliyoti bemorlarning umumiy yashovchanligi va qaytalanishlar sonini ortishi, shuningdek, MSTS shkalasi bo‘yicha yaxshi funksional natijalardan iborat bo‘lgan nogironlikka olib keluvchi jarrohlik amaliyotini qo‘llaganda davolash natijalari ustunligi isbotlangan;
son suyaklaridagi organni saqlovchi aralashuvlarda davolashning bevosita, funksional va uzoq natijalarini yaxshilanishi, biomexanikaning me’yoriy va o‘rtacha buzilishlari, rezeksiyaning salbiy qirralariga erishishning protensial imkoniyati, quymich nervi va son qon tomir tomirlarining infil`tratsiyasi mavjud bo‘lmagan bemorlari orasida yuzaga kelishi isbotalngan;
son suyaklaridagi nogironlikka olib keluvchi aralashuvlarni biomexanika kuchli buzilgan holatlarda, tosni muvaffaqiyatsiz chiqqan konstruksiyasi, og‘ir chuqur infeksiyalarda, quymich nervi va son tomiri infil`tratsiyalarida organni saqlovchi jarrohlik amaliyotini takroriy o‘tkazishni imkoni bo‘lmagan xavfli o‘smani mahalliy qaytalanishlarida o‘tkazish maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tos suyaklari o‘smalarini mul`timodal tashxislash va jarrohlik usuli bilan davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tos suyaklari o‘smalarini mul`timodal tashxislash va jarrohlik usuli bilan davolashda yangi usulni qo‘llan natijasida «MSKT nazorati ostida tos suyaklari perkutan biopsiyasining usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 iyuldagi 8n–z/213–son ma’lumotnomasi). Natijada tos suyaklari o‘smalarini mul`timodal tashxislash va jarrohlik usuli bilan davolashni optimallashtirish, xavfli o‘smalarning mestazlanishini oldini olish orqali bemorlarni davolashning samaradorligini oshirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
Tos suyaklari o‘smalarini mul`timodal tashxislash va jarrohlik usuli bilan davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazining Samarqand va Sirdaryo viloyatlari filiallarning klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 05 apreldagi 8n–d/127–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi jarrohlik aralashuvning ishlab chiqilgan turlari MSKT nazorati ostida perkutan biopsiyani o‘tkazish usuli amaliyotga joriy qilinishi va undan foydadalanish natijasida bemorlarni hayot sifatini yaxshilash va davolash taktikasini tanlab olishga hamda taklif etilgan tashxislash algoritmini bevosita qo‘llash natijasida asoratlar sonini kamaytirish, bemorlarning umrini uzayishi va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.