Akbarova Barno Shuxratvonaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida kichik bixnes va xususiy tadbirkorik faoliyatini statistik tadqiq etish», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt325.
Ilmiy rahbar: Nabiev Xamidulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Tursun Shodievich, iqtisod fanlari doktori, professor; Mamatqulov Baxtiyor Xolmurodovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanova nomidagi Rossiyaning iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini statistik tadqiq etish uslubiyotini tashkillashtirish hamda ular faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining statistik tahlili hududlar kesimida statistik kuzatuv ma’lumotlari tahlilining optimal variantlarini tanlash negizida mahsulot ishlab chiqarish, mehnat sarfi va transaksion xarajatlarni kamaytirishning qo‘shimcha imkoniyatlari ochib berilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyati-ning statistik axborotlar va prognozlashtirish bazasini to‘laqonli statistik samarani beruvchi va provard maqsad-natijaga xizmat qiluvchi o‘zaro bog‘liq jarayonlarga oid ko‘rsatkichlar tizimini bosh o‘rtacha qiymat, qiymatdorlik darajasi, tanlangan belgilar, band bo‘lganlarning sifat ko‘rsatkichlari bilan birga va h.klar negizida kengaytirish zarurati asoslangan;
ishlab chiqarish funksiyasida sotuvdan tushgan sof tushum ustuvorligi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarida mahsulot ishlab chiqarishning 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik innovatsion klasteri” tamoyili asosida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sub’ektlari uyg‘unligida tashkil etishning iqtisodiy jihatidan maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini statistik tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining statistik tahlili optimal variantlarini tanlash asosida hududlar kesimida statistik kuzatuv ma’lumotlari tahlilining optimal variantlarini tanlash negizida mahsulot ishlab chiqarish, mehnat sarfi va transaksion xarajatlarni kamaytirishning qo‘shimcha imkoniyatlari Toshkent shahar statistika boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qichqartirish vazirigi 2021 yil 23 avgustdagi 02/09-10/10-357-son hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasining 2019 yil 28 dekabrdagi 01/1-11-10/2-7561-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hududlar kesimida kuzatuv ma’lumotlari tahlilining optimal variantlarini tanlash asosida mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali mahsulot ishlab chiqarish 8-10 foizga oshdi, mehnat sarfi 15-20 foiz va transaksion xarajatlar 5,5 foizga pasaygan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyati-ning statistik axborotlar va prognozlashtirish bazasini to‘laqonli statistik samarani beruvchi va provard maqsad-natijaga xizmat qiluvchi o‘zaro bog‘liq jarayonlarga oid ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirish bo‘yicha takliflar Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasi 2019 yil 23 dekabr` 01/1-07-16/1-122-son ma’lumotnomasi). Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashqi iqtisodiy faoliyatini sof eksportni statistik axborotlar bazasini kengaytirish, axborotlarni aniqligi, xolisligi va shaffofligini qiyosiy tahlil qilish imkoniyati kengaytirilgan;
ishlab chiqarish funksiyasida sotuvdan tushgan sof tushum ustuvorligi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishlab chiqarishining 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 23 dekabr` 01/1-07-16/1-122-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy hisoblar tizimi standartlari asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda qo‘llaniladigan statistik hisobotlarni xalqaro darajalarda baholash va prognoz uslubini axborotlar bazasini kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” innovatsion klasteri tamoyili asosida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sub’ektlari uyg‘unligida tashkil etishning iqtisodiy jihatidan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar "BEK MEGA TEXTILE" ma’suliyati cheklangan jamiyat (Toshkent sh.) faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qichqartirish vazirigi 2021 yil 23 avgustdagi 02/09-10/10-357-son hamda "BEK MEGA TEXTILE" ma’suliyati cheklangan jamiyatining 2019 yil 10 dekabrdagi 343-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy qilinishi tizimda mehnat unumdorligi o‘sishi, raqobatdoshlik ta’minlanishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xarajatlari kamayishiga olib kelgan.