G‘aniev Ulug‘bek Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarni samarali davolash taktikasini aniqlash», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib30.
Ilmiy rahbar: Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘satayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova  Visolatxon Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori, Tulabaeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reablitatsiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xavf stratifikatsiya shkalasini bashoratlash
ahamiyatini baholash va noxush yakunning alohida prediktorlarini hisobga olish bilan o‘tkir yurak etishmovchiligi bilan asoratlagan o‘tkir koronar sindromli bemorlarni davolash taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqot ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘tkir yurak etishmovchligi bilan asoratlangan ST ko‘tarlishi bilan o‘tkir koronar sindrom va ST ko‘tarilishisiz o‘tkir koronar sindromli bemorlar guruhida noxush yakunlarni alohida bashoratlovchi ahamiyatli prediktorlari  aniqlangan; 
GRACE baholovchi shkalasi va zamonaviy stratifikatsion usullarini qo‘llash natijasida birinchi marta ko‘rsatilgan bemorlar guruhida mazkur shkalani bashoratlovchi qiymati asoslangan;
logistik regression tahlil yo‘li bilan o‘tkir yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindrom bemorlarini noinvaziv davolash samaradorligi  asoslangan;
o‘tkir yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarning yoshini 65 dan yuqoriligi, chiqarish fraksiyasining pastligi, Killip-3 bo‘yicha o‘tkir yurak etishmovchiligi, GRACE shkalasi bo‘yicha yuqori xavf miokard revaskulyarizatsiyasi intervension usullarini yanada faol va erta qo‘llashni talab etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘tkir yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarni samarali davolash taktikasini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘tkir yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarni samarali davolash taktikasini baholash asosida ishlab chiqilgan «O‘tkir yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarda nojo‘ya asoratlarni rivojlantiradigan taxlika omillarni baholash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 apreldagi 8n-d/132-son ma’lumotnomasi). Natijada logistik regression tahlil asosida NSTEMI/STEMI bemorlar guruhida davolashni invaziv taktikasini afzalligi, bemorlarning kasalxonaga takroriy tushish soni va o‘lim darajsini kamayishi, kasallikni davolash taktikasini tanlash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan; 
o‘tkir yurak etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarni samarali davolash taktikasini imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro va Jizzax viloyatlarining filiallari shoshilinch xirurgiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 iyuldagi 08-09/8325-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘tkir koronar sindromli bemorlarini davolash dasturini tanlab olish va tekshirish bayonnomasini optimallashtirish, o‘tkir koronar sindromli bemorlari uchun taklif etilgan davolash usullari, shuningdek, birlamchi invaziv davolash taktikasi, kasallikni turli shakllarida olingan ma’lumotlar STEMI bemorlari uchun o‘rin-kun sonini 7,7 kundan dan 6,85 kunchaga, o‘lim ko‘rsatkichini 6,5% dan 5,8% gacha kamaytirdi va NSTEMI bemorlari uchun o‘rin-kun sonini 8,1 kundan 7,85 kungacha va o‘lim ko‘rsatkichini 6 foizdan 4,8 foizgacha kamaytirdi, STEMI guruhidagi 25,3% xolatlarda trombolitik terapiya TLTni samarasizligi ko‘rinishida shoshilinch qutqaruvchi teri orqali aralashuv talab etish va bemorlarni kasalxonada bo‘lish davomiyligini kamaytirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish