Xojiev Xusniddin Shodmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alkogoldan o‘tkir zaharlanishlarda postintoksikatsion asoratlarning tashxisi, intensiv davosi va oldini olishni takomillashtirish» 14.00.39 – Toksikologiya (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib415.
Ilmiy rahbar: Akalaev Rustam Nurmuxamedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Shilov Viktor Vasil`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarov Alisher Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Reanimatologiya va reabilitologiya federal ilmiy-klinik markazi (Moskva, Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: alkogoldan zaharlangan bemorlarga erta tashxis qo‘yish va intensiv davoni takomillashtirish yo‘li bilan postintoksikatsion asoratlar va o‘lim sonini kamaytirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alkogoldan surunkali intoksikatsiya fonida yuzaga kelgan alkogol bilan o‘tkir zaharlanishlarning toksikogen bosqichida vegetativ regulyasiya o‘zgarishlarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
alkogoldan surunkali intoksikatsiya fonida yuzaga kelgan alkogol bilan o‘tkir zaharlanishlarda markaziy asab tizimidagi o‘zgarishlar batafsil maqsadli o‘rganilgan va uning asosida ushbu o‘zgarishlarning bemorning ahvoli og‘irligiga, qondagi alkogol miqdoriga, shuningdek alkogoldan surunkali intoksikatsiya davomiyligiga bog‘liqligi aniqlangan;
alkogoldan surunkali intoksikatsiya fonida alkogoldan o‘tkir zaharlangan bemorlarda toksik ensefalopatiya rivojlanishida erkin ammiak va laktatning ahamiyati ko‘rsatilgan;
alkogoldan o‘tkir zaharlanish bilan og‘rigan bemorlarda toksik ensefalopatiyaning kompleks intensiv terapiyasida substrat metabolik preparatlari (suksinasol, sitoflavin), remaksol va jetepar gepatoprotektorini erta qo‘llashni ko‘zda tutuvchi taklif qilinayotgan yondashuvning yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alkogoldan zaharlangan bemorlarni davolash sifatini oshirish bo‘yicha bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
alkogoldan o‘tkir zaharlanishlar uchun metabolik terapiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Alkogoldan o‘tkir zaharlanishlar uchun ratsional metabolik terapiya” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 16 avgustdagi 8n-r/112–son ma’lumotnomasi); Ushbu uslubiy tavsiyanoma bir qator klinik va laboratoriya parametrlarini to‘ldirganda zaharlanishning og‘irligi bo‘yicha dastlabki tashxisni, asoratlarning prognozini va diagnostik hamda intensiv terapiyani tizimli amalga oshirish imkonini bergan;
alkogoldan o‘tkir zaharlangan bemorlar uchun ishlab chiqilgan ratsional metabolik terapiya davolash usullari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, RShTYoIMning toksikologiya va toksikologik reanimatsiya bo‘limlari, shuningdek, RShTYoIMning Farg‘ona va Buxoro filiallari toksikologiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 fevraldagi 8n-d/50-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq qilinishi alkogoldan surunkali intoksikatsiya fonida alkogoldan o‘tkir zaharlanish kuzatilgan bemorlarda alkogolli deliriy 48 foizdan 20 foizgacha kamayishi, tutqanoq holatlari 52 foizdan 31,6 foizgacha kamayishi, o‘lim darajasining 2,5 martagacha kamayishi imkonini bergan.