Samadiy Murodjon Abdusalimzodaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tyubegatan past navli silviniti va galitli chiqindilaridan kaliy va natriy xloridlarini olish texnologiyasi», 02.00.13–Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T28.

Ilmiy rahbar: Mirzaqulov Xoltura Chorivich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.

Rasmiy opponentlar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori; Kaipbergenov Atabek Tulepberganovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Tyubegatan koni past navli silvinitlarini kaliy xloridga va ishlab chiqarishning galitli chiqindilarini natriy xloridga qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Tyubegatan koni sil`vinit rudalari tarkibi va xossalarining o‘ziga xosligi ochib berilgan hamda gidromexanik shlamsizlantirish jarayoniga ruda fraksion tarkibi va sil`vinitni suvda erimaydigan qoldig‘i mineralogik tarkibining ta’siri aniqlangan;

Tyubegatan koni sil`vinit rudalarini gidromexanik shlamsizlantirish jarayonlari samaradorligining pasayish sabablari hamda ularning samaradorligini oshirish texnik echimlari ochib berilgan;

past navli Tyubegatan koni silvinitlaridan flotatsiya usulida kaliy xlorid olishning shlamsizlantirish va flotatsiya jarayonlari takomillashtirilgan hamda kaliy xlorid konsentrati va galitli chiqindilarining fil`tratsiya jarayoni jadallashtirilgan;

kaliy xlorid mahsulotini chiqish unumini oshirish hamda galitli chiqindilarni natriy xloridning to‘yingan eritmalarida eritish yo‘li bilan galitli chiqindilarni texnik natriy xlorid va oziq-ovqat mahsuloti tozaligidagi osh tuziga qayta ishlashni ta’minlaydigan maqbul texnologik parametrlar va past navli sil`vinitlarni flotatsiyalash jarayonining shart-sharoitlari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Tyubegatan koni silvinit rudalarini shlamsizlantirish, flotatsiya usulidaqayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish va galitli chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

flotatsion kaliy xlorid olish texnologiyasi takomillashtirilgan va tayyor mahsulotning fizik-kimyoviy va tovar xossalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar «Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi» UK amaliyotiga tatbiq etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2017 yil 13 sentyabrdagi 01/3-4804/P-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarni amaliyotga joriy qilish past navli silvinit rudasini ishlab chiqarishga jalb qilish, shuningdek yaxshi fizik-kimyoviy va iste’molchilik xossalariga ega bo‘lgan kaliy xlorid olish imkonini bergan;

galitli chiqindilarni texnik natriy xloridga qayta ishlash texnologiyasi aprobatsiyadan o‘tkazilgan va 2014 yilda «Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi» UK amaliyotiga tatbiq etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2017 yil 13 sentyabrdagi 01/3-4804/P-son ma’lumotnomasi). Natijada flotatsion kaliy xlorid sanoati galitli chiqindisidan texnik natriy xlorid ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish