Turaeva Xurshida Kamalbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Malein kislotaning azot saqlagan hosilalari sintezi va xossalari», 02.00.03 - Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/K189.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Muxabbat Razzoqberdievna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Babaev Baxrom Nurillaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdurazzoqov Asqar Sheralievich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: malein kislotaning alkil-, aril-, geteril-amid, -imidlari va ularning ba’zi hosilalari sintezi, shuningdek, biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nukleofil birikish va almashinish reaksiyalari yordamida azot saqlagan malein kislota hosilalari olishning yangi usullari yaratilgan;
malein kislota monoamidlarining metanol va etanol bilan nukleofil almashinish reaksiyalari fosfor(V) oksid ishtirokida selektiv borishi aniqlangan;
ilk bor N-(-gidroksietil)maleinimidning sirka kislota va galogen almashgan monoxlor-, triftorsirka kislotalar ishtirokida eterifikatsiya reaksiyalari olib borilgan va tegishli almashingan N-(-atsetoksietil)maleinimid efirlari olingan;
ilk bor N-(alkilkarboksifenil)maleinimid efirlarining 2 xil sintez usuli: malein angidridning aminobenzoy kislota efirlari bilan reaksiyasi va N-(4-karboksifenil)maleinimidlarning spirtlar ishtirokidagi reaksiyalari amalga oshirilgan;
ilk bor N-(-gidroksietil)maleinimidni ikki xil sharoitda galogenlash orqali (tionil xlorid va mis (I) xlorid tuzi ishtirokida) N-(-xloretil)maleinimid sintez qilingan va N-(2-atsetoksietil)maleinimid olishning yangi usuli yaratilgan;
ilk bor nitromezitilenning N-(-gidroksietil)maleinimid bilan elektrofil almashinish reaksiyalarida konsentrlangan sul`fat va fosfat kislota aralashmasi, N-(-xloretil)maleinimid bilan reaksiyalar uchun esa FeCl3•12H2O samarali katalizator bo‘lishi, S-amidoetillash reaksiyalarining fazoviy jihatdan selektiv borishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Malein kislotaning monoamidli va imidli hosilalari asosida yangi birikmalarini samarali sintez qilish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘stiruvchanlik xususiyatga ega bo‘lgan N-(-gidroksietil)maleinamid, N-(3-gidroksifenil)maleinamidlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l fermer xo‘jaliklari dala maydonlarida bug‘doy hosildorligini oshirish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq ho‘jaligi vazirligining 2021 yil 25 maydagi 02/025-2226-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘stiruvchanlik kuzgi bug‘doy hosildorligini 5-7 s/ga oshirgan va rentabellik darajasini 11-12% ga ko‘tarish imkonini bergan;
N-(2-atsetoksietil)maleinimid va N-(2,4-dixlorfenil)maleinamid-larni metall konstruksiyalarning biokorroziyasiga qarshi ingibitor sifatida “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ da amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2021 yil 28 maydagi №402/G’K-05-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, metall konstruksiya va qurilmalarining ekspluatatsion xossalarini oshirish imkonini bergan.