Islomov Sarvar Sadullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doyning mahsuldor, don sifati yuqori hamda zang kasalliklariga chidamli boshlang‘ich manbalarini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx370.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Zoxidjon Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Alliqulov Safar Mengliqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Boboev Saidmurat Kimsanboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yumshoq bug‘doyni seleksiya ishlarining samaradorligini oshirishda dunyo genofondidan keltirilgan xorijiy navlar hisobiga irsiyati yaxshilangan yuqori sifatli, serhosil, kasalliklarga, tabiatning noqulay omillariga chidamli boshla
ng‘ich manbalarini yaratish va ularni seleksiya jarayonlarida yangi mahalliy navlar yaratish uchun joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikaning janubiy mintaqalari sharoitida keng ko‘lamda yumshoq bug‘doyning jahon kolleksiyasi nav namunalari o‘rganish asosida ulardan serhosil, don sifati yuqori, kasalliklarga, tabiatning noqulay omillariga chidamli qimmatli belgi va xususiyatlarga ega yangi nav namunalaridan seleksiya uchun dastlabki ashyo sifatida foydalanilgan;
serhosil, don sifati kuchli va qimmatli bug‘doy talablariga javob beradigan, kasalliklarga, tabiatning noqulay omillariga chidamli yumshoq bug‘doy duragaylarini yaratish uchun jahon kolleksiyasidan boshlang‘ich manbalar ajratib olingan;
yumshoq bug‘doyni seleksiya ishlarining samaradorligini oshirishda dunyo genofondidan keltirilgan xorijiy navlar hisobiga irsiyati yaxshilangan yangi yuqori sifatli, serhosil, kasalliklarga, tabiatning noqulay omillariga chidamli boshlang‘ich manbalari yaratilgan;
yumshoq bug‘doyning Kesh-2016 mahalliy navni yaratishda boshlang‘ich manba sifatida foydalanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi bug‘doyning mahsuldor, don sifati yuqori hamda zang kasalligiga chidamli boshlang‘ich manbalarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“Uganda–99” poya zang kasalligiga chidamli bo‘lgan 9 ta nav shundan 6 ta nav va namunalar sariq va qo‘ng‘ir zang kasalliklariga chidamlilik hamda ertapisharlik xususiyatlari bo‘yicha tanlab olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 02– 021-82 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navlardan 2019 yilda oqsil miqdori 14,2 foiz va kleykovina miqdori 29,3 foiz, 2020 yilda oqsil miqdori 15,1 foiz, kleykovina miqdori 31,2 foiz olish imkoni bo‘lgan;
sariq zang kasalligiga chidamli va mahsuldorligi yuqori bo‘lgan yumshoq bug‘doy navlarini tanlash dala tajribasida tanlab olingan nav va namunalarning hosildorligi 80,6-97,1 s/ga oralig‘ida bo‘lib (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 02-021-82 sonli ma’lumotnomasi). Natijada standart “Krasnodarskaya-99” naviga nisbatan hosildorlik 7,3-23,8 s/ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan va rentabelligini 31-40,3 foizga oshirish imkonini bergan;
tajriba nitajalariga ko‘ra, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga, kasallik va issiqlikka chidamli, hosildor, don sifati yuqori bo‘lgan “Kesh-2016” navi yaratilib, sinash uchun Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasiga topshirilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 02-021-82 sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2020 yilda “istiqbolli nav” sifatida Davlat reestriga kiritilgan;
2020 yilda bug‘doyning yangi Kesh–2016 navi Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 157 gektar, Kasbida tumanida 120 gektar, Yakkabog‘ tumanida 107 gektar va Nishon tumanida 122 gektar, jami 506 gektar maydonda ekilib (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 12 yanvardagi 02-021-82 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tumanlarda gektarida 75-85 sentnerdan yuqori hosil etishtirilgan.