Mo‘minova Go‘yoxon Alidjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bosh miya funksiyasi buzilishining qalqonsimon bez gipofunksiya holati bilan o‘zaro bog‘liqligi», 03.00.01 - Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V427.
Ilmiy rahbar: [Kul`manova Munojat Usmanovna], tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodjimetov Abdugaffor Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xalimova Zamira Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qalqonsimon bez gipofunksiyasida tireoid gormonlar xolati bilan bog‘liq ravishda bosh miya shikastlanishi, neyromediator tizimida buzilishlarini oldini olish va ularni korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qalqonsimon bez gipofunksiyasi sharoitida neyrospesifik oqsillarga (NF-200, GFAP, S-100, MBP va VGCC) nisbatan autoantitanachalar ko‘rsatkichlari gipotireoz og‘irligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi isbotlangan;
merkazolilni surunkali qabul qilish natijasida bosh miya neyromediatorlari reseptorlariga (Glu-R, GAMK-R, Dof-R, Ser-R, m-OR, Rβ-end i Xol-R) nisbatan auto-AT miqdorining o‘zgarib borishi asosida neyromediatorlar tizimining buzilishlari baholangan;
tireoid gormonlar ishlab chiqilishini susayishi bosh miya to‘qimasida neyroimmun yallig‘lanish rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan;
gipotireoz sharoitida bosh miya po‘stlog‘i va gippokampda morfologik o‘zgarishlar kelib chiqishi mumkinligi isbotlangan;
eksperimental gipoterioz sharoitida bosh miyadagi neyroimmun yalli-lanish va neyrodegenerativ, hamda morfologik o‘zgarishlar L-tiroksin va neyroprotektorlar kombinatsiyasi yordamida korreksiyalash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bosh miya funksiyasi buzilishining qalqonsimon bez gipofunsiya holati bilan o‘zaro bog‘liqligini baholash bo‘yicha olingan ilimy natijalar asosida:
bosh miya hujayra va to‘qimalarning biologik faoliyatining izdan chiqishi orqali endokrin tizimi qalqonsimon bez gipofunsiya holati bilan o‘zaro bog‘liqligini biologik tizimlarga ta’sirini oldini olish bo‘yicha «Qalqonsimon bez gipofunksiyasida bosh miya faoliyatini erta tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-r/638-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ELI-N test yordamida neyrodegenerativ kasalliklarni erta tashxislash, bemorlarning biologik holatini yaxshilash bilan birgalikda samarli davolash tizimini yaratish imkonini bergan;
endokrin gormonlarining qalqonsimon bez gipofunsiya holati bilan o‘zaro bog‘liqligini biologik tizimlarga ta’sirini baholash bo‘yicha «Qalqonsimon bez gipofunksiyasida bosh miya struktura va funsiyasi buzilishlarini korreksiyalash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n-r/637-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma neyroprotektorlarni qo‘llash gipoteriozda neyrodegenerativ o‘zgarishlarni oldini olish orqali smarali davolash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
Bosh miya funksiyasi buzilishining qalqonsimon bez gipofunsiya holati bilan o‘zaro bog‘liqligi kompleks davolash samaradorligini klinik biokimyoviy baholashda zamonaviy kompleks yondashuvlari asosida olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Oliy o‘quv yurtlariaro markaziy tadqiqot labaratoriyalarning fundametal tadqiqotlarni amalga oshirish amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 8n-d/45-son ma’lumotnomasi). Natijada, merkazolil bilan zaharlangan tajriba hayvonlarda ELI-N testini qo‘llash bosh miya shikastlanishini tashxislash, intakt hayvonlarda tireoid statusi ko‘rsatkichlari bilan NSO hamda neyromediatorlar reseptorlari o‘rtasida turli ko‘rinishdagi kuchsiz va o‘rtacha bog‘lanishlarni, gipotireoz sharoitida tireotrop gormoni bilan musbat kuchli, T4 va T3 miqdori bilan esa o‘rta va kuchli manfiy bog‘lanishlarni amalga oshirish, qalqonsimon bez gipofunksiyasi miya to‘qimasiga salbiy ta’sir etishi va ularda neyroimmun o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi erta tashxislash, biokimyoviy ko‘rsatkichlarning me’yor darajasida yaxshilash hamda davolanish muddatlarining qisqartirish va kasallik asoratlarining oldi olish imkonini bergan.